Samarqand viloyatining ikkita tumanida Samarqand çet tillar institutining filiallari oçiladi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga binoan endilikda Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi xizmat körsatiş texnikumi hamda Payariq tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejlarida Samarqand davlat çet tillar institutining «Maktabgaça va boşlanğiç ta'limda xorijiy til» (ingliz tili) va «Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili» fakultetlari oçiladi.
Qayd etilişiça, 17 aprel kuni sohaga tegişli mas'ul rahbarlar Narpay va Payariq tumanlariga borişgan. Ular ta'lim sifati, öquv binosini ta'mirlaş, talabalarning zamonaviy ta'lim olişlari uçun zarur imkoniyatlarni yaratiş va boşqa amalga oşiriladigan işlar yuzasidan vazifalarni belgilab olişgan.
«Urgut» erkin iqtisodiy zonasi yanada kengaytiriladi, SamDUning Urgut filiali oçiladi
SamDUning Kattaqörğon filiali va Transport universitetining Kattaqörğon filiali taşkil etiladi









