Internetda yaqinda Çimkentda hibsga olingan, pivo işlab çiqaruvçi zavod egasi Töxtar Tuleşovning kiçik qizining tuğilgan kuni videosi paydo böldi.

Videoda tuğilgan kun "Uzuklar hukmdori" filmidagi uslubda ötayotganini köriş mumkin. Tuğilgan kuni bölayotgan qizça filmdgi asosiy ayol qahramonlardan biri – elflar malikasi Arven, qizçaning otasi esa elflar qiroli Elronda qiyofasida bölgan.

Tuğilgan kun mehmonlari ham filmdagi qahramonlar – elflar, xobbitlar, orklar, sehrgarlar va qora otliqlar qiyofasida bölganlar. Tantana turli dekoratsiyalarda ötgan: sirli daraxtlar lavhalari uruş sahnasi, daryo böylab oqiş esa "xobbitlar qişloği"dagi ötirişlar bilan almaşgan.

Şuningdek, tantanaga taklif qilingan artistlar orasida Rossiyaning M-Band guruhi ham bölgan.

Töxtar Tuleşov 30 yanvarda Çimkentda ötkazilgan maxsus operatsiya vaqtida yana 3 kişi bilan birga hibsga olingandi.