Turkiyaning Antaliya şahriga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev özi uçun ajratilgan qarorgohda Yaşil iqlim fondi ijroçi direktori Mafalda Duerte bilan uçraşdi.
Muloqot çoğida iqlim özgarişiga moslaşiş borasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş hamda iqlim moliyasi mablağlarini jalb etiş masalalari körib çiqildi.
Jamğarma bilan şeriklik aloqalari mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Qöşma loyihalar portfeli 200 million dollardan oşdi.
Davlat rahbari Markaziy Osiyoda iqlim özgarişiga çidamli landşaftlarni yaratiş böyiça mintaqaviy dastur maʼqullanganini olqişladi.
Mamlakatimiz moliya institutlarining fond resurslaridan foydalaniş imkoniyatini taʼminlaş, Özbekistonda iqlimga oid, şu jumladan, Orolböyini ekologik jihatdan tiklaş hamda “yaşil” şaharlarni rivojlantirişga qaratilgan keng kölamli investitsiya dasturini şakllantiriş muhimligi taʼkidlandi.
Uçraşuv yakunida şeriklikni mustahkamlaş va yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişga kelişildi.













