2023 yil 7 iyun kuni GWM va “ADM Jizzakh” MÇJ örtasida avtomobil yiğiş sohasida hamkorlik şartnomasi imzolanib, ikki tomon örtasidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş uçun mustahkam poydevor yaratildi.

GWM Eurasia prezidenti Djan Djunsyu va Yevrosiyo mintaqasi biznesni rivojlantiriş direktori Tian Lili boşçiligidagi Xitoy kompaniyasi delegatsiyasi Jizzax viloyatida joylaşgan ADM Jizzakh avtomobil yiğiş maydonçasiga taşrif buyurib, avtomobil zavodining hozirgi işlab çiqariş quvvati, töliq quvvati bilan va loyihani mahalliylaştiriş böyiça olib borilayotgan işlar bilan tanişdi. Taşrif davomida delegatsiya a’zolari Jizzax viloyati hokimi Soliyev Ergaş Alibekoviç bilan ham muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvda Xitoy tomoniga Özbekiston Respublikasi va Jizzax viloyatining sarmoyaviy salohiyati, xususan, amalga oşirilayotgan loyihalar haqida sözlab berildi. Hokim “ADM Jizzakh” MÇJ işonçli hamkor ekanligini alohida ta’kidlab, Özbekistonda xorijiy kompaniyalarning avtomobilsozlik sohasiga qiziqişi ortib borayotganidan xursandligini alohida ta’kidladi.

Xitoylik hamkorlar öz navbatida, uşbu loyihaning Özbekistonda Great Wall Motors avtomobillarini işlab çiqarişni kengaytirişdagi ahamiyatini ta’kidladi.

Djan Djunsyuning sözlariga köra, ADM Jizzakh bilan uzoq muddatli hamkorlik yangi texnologiyalarni joriy etiş, qöşimça iş örinlari bilan ta’minlaş va avtomobillarni yiğiş böyiça zamonaviy işlab çiqariş bazasini yaratiş va avtomobil butlovçi qismlarini işlab çiqarişni mahalliylaştiriş imkonini beradi.

HAVAL brendi ostidagi avtomobillarni yiğiş 2023 yilning kuzida boşlanişi rejalaştirilgan. HAVAL Özbekiston bozoriga Jolion, M6, H6 va Dargo modellarining yangi avlodini taqdim etişni rejalaştirmoqda. Kelajakda modellar qatori kengaytirilib, elektromobillar va gibrid avtomobillar ham kiritiladi.

Telefon: (+998) 71−202−69−99.

Instagram:@admjizzakh

YouTube: ADMJizzakh

Reklama