Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Kun.uz'da e’lon qilingan “Sabriya” maşmaşasi: serialdagi behayo sahna mavzusi Firdavs Abduxoliqov şaxsiga ulanib ketdi” sarlavhali maqoladagi faktlarni örganiş böyiça xulosalarini e’lon qildi.

Örganişlar davomida Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va “Sevimli” telekanali örtasida manfaatlar töqnaşuvi holati tasdiqlangan.

Ta’kidlanişiça, Kinematografiya agentligi direktori va bir vaqtning özida subsidiya mablağlarini taqsimlaş böyiça qarorlar qabul qiliş vakolatiga ega Badiiy kengaş raisi – Firdavs Abduxoliqov subsidiya mablağlarining taqsimlanişi va kontragentni tanlaş jarayonida yaqin qarindoşlari benefitsiar bölgan “Master Media Production and Broadcast” MÇJ (ta’sisçilari: Şarapova F.S. – F.Abduxoliqovning turmuş örtoği 70%, Raşidova A.F. – F.Abduxoliqovning qizi 20%, Abduxoliqov A.F. – F.Abduxoliqovning öğli – 10%) bilan manfaatlar töqnaşuviga ega bölsa-da, bu holatni bartaraf qiliş çoralarini körmasdan, mazkur jamiyat manfaatlarini yoqlab ovoz berişda va qarorlar qabul qiliş jarayonida bevosita iştirok etgan.

“Masalan, 2021 yilning özida Kinematografiya agentligi tomonidan berilgan davlat buyurtmalari asosida “Sevimli” telekanali iştirokida “Orzular palatasi” va “Tuzoq” seriallari suratga olingan.

Jumladan, 2021 yilning 22 fevral kuni Kinematografiya agentligi, “Master Media Production and Broadcast” MÇJ hamda "MY-FILMS” MÇJ örtasida “Orzular palatasi” milliy serialini suratga oliş maqsadida qiymati 3,0 mlrd sömlik şartnoma imzolanib, Kinematografiya agentligi tomonidan 1,5 mlrd söm pul mablağlari “MY-FILMS” MÇJ hisobraqamiga ötkazib berilgan.

Bundan taşqari, Kinematografiya agentligi va “Master Media Production and Broadcast” MÇJ örtasida “Tuzoq” milliy serialini suratga oliş uçun 2021 yilning 18 may kuni jami qiymati 1,8 mlrd.sömlik ikki tomonlama şartnoma (dxarid.uz töğridan töğri şartnoma orqali) imzolangan va 1,8 mlrd söm pul mablağlari jamiyat hisobraqamiga ötkazib berilgan.

Şunga köra, mazkur holatlarda Özbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi boş direktori F.F.Abduxoliqov yaqin qarindoşlari ta’sisçiligidagi MÇJning manfaatlarini közlab, davlat budjetidan juda köp miqdordagi pul mablağlarining ajratilişiga erişib, qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan”, deyiladi xulosada.