Boş prokuratura olimpiya va paralimpiya sport turlari böyiça belgilangan sport musobaqalarining ğolib va sovrindorlariga oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtiyozining berilişi ahvolini örgangan. Örganiş natijalari haqida bugun Turizm va sport vazirligida ötgan yiğilişda ma'lumot berilgan.

Yiğilişda yoş sportçilarni rağbatlantiriş maqsadida musobaqalar ğoliblarini davlat oliy ta'lim muassasalariga qöşimça davlat granti asosida imtihonsiz qabul qiliş tizimi joriy etilgani, ötgan uç yilda 4 ming nafar abituriyent bu imkoniyatdan foydalangani ta'kidlangan. Biroq prokuratura organlari tomonidan olib borilgan örganişda musobaqalarni ötkaziş, iqtidorli sportçilarni tanlab oliş va ularga imtiyoz beriş tizimida jiddiy muammolar borligi aniqlangan.

Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinovning ma'lum qilişiça, Olimpiya va Paralimpiya öyinlari, jahon çempionatlariga iqtidorli sportçilarni tayyorlaş maqsadida yoş sportçilarga imtiyoz beriş yölga qöyilganiga qaramay, köp hollarda imtiyozlar “ayrim yoşlar” uçun öqişga kiriş vositasiga aylanib qolgan. Şu sababli imtiyozlar sonini sun'iy oşiriş maqsadida oliy ta'lim muassasasiga öqişga kiriş huquqini beruvçi sport musobaqalarining soni ham köpaytirib yuborilgan.

“Davlat oliy ta'lim muassasalariga qöşimça davlat granti asosida imtihonsiz qabul qiliş huquqini beruvçi olimpiya va paralimpiya sport turlari böyiça 2018 yilda 206 ta musobaqa ötkazilgan. Biroq 2021 yilga kelib bu körsatkiç nima uçundir 296 tagaça oşirilgan.

Sport musobaqalari taqvim-rejasiga köra 2018–2021 yillarda basketbol, voleybol va çim ustida hokkey böyiça respublika miqyosida 146 ta musobaqa ötkazilişi kerak bölsa-da, amalda ikki barobar köp, ya'ni 273 ta çempionat taşkil etilgan. Natijada mazkur sport turlari böyiça imtiyoz asosida öqişga tavsiya etilganlar soni ham yilma-yil köpayib borgan.

Tabiiyki, bu vaziyatda ğolib va sovrindorlar soni ortib, OTMga öqişga kirişda beriladigan imtiyozlar soni ham köpaygan. 2018 yilda 421, 2019 yilda 1213 va 2020 yilda 2367 yigit-qiz sportda erişgan yutuqlari uçun davlat oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli ravişda öqişga qabul qilingan. Sönggi 3 yilda “imtiyoz sohiblari” soni 5 barobarga ortgan”, deya Hayot Şamsuddinovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq sönggi uç yilda respublika çempionatlarida sovrindor bölganlar uçun OTMga kirişda belgilangan imtiyoz bekor bölişi aytilgan, ana şunday imtiyozga ega köp sonli sportçilar hamda ularning ota-onalari murojaatlaridan söng 2019–2021 yillarda Osiyo va respublika çempionatlarida sovrindor bölgan va “Sport faoliyati” va “Jismoniy madaniyat” yönalişlariga hujjat topşirgan yoş sportçilar istisno tariqasida umumiy tanlovdan taşqari talabalikka qabul qilinadigan