Samsung kompaniyasi özining yangi flagman smartfoni Galaxy S8’ni 15 aprelda savdoga çiqarmoqçi. Bu haqda Janubiy Koreya OAVga iqtibos keltirgan holda International Business Times naşri xabar bermoqda. 

Yangi smartfon taqdimoti avval taxmin qilingandek, Barselonadagi Mobile World Congress körgazmasi doirasida emas, balki 29 mart kuni bölib ötadi.

Qurilma ikki variantda – 5,7 va 6,2 dyuymli diagonal bilan taklif qilinadi. Ikkala model ham bosiş kuçini farqlaydigan çeti egilgan ekranlar bilan jihozlanadi.

Taxmin qilinişiça, smartfonning narxi 849 dollarni taşkil qiladi.