Maktab öquvçisi hayotini özgartirib yuboradigan, ularga keng imkoniyatlar eşigini oçuvçi nufuzli musobaqalardan biri – xalqaro olimpiada. Fizika, kimyo, biologiya fanlari qatorida har yili matematikadan ham köplab mamlakat öquvçilari örtasida olimpiada ötkaziladi. Özbekiston 1997 yildan beri xalqaro matematika olimpiadasida qatnaşib keladi. Şu vaqtgaça terma jamoa 10 ta kumuş va 30 ta bronza medalini qölga kiritgan, ammo oltinni oliş hali heç kimga nasib qilmagan.
2023 yilgi xalqaro matematika olimpiadasi 2-13 iyul kunlari Yaponiyaning Çibo şahrida bölib ötadi. Unda Özbekiston terma jamoasi ham iştirok etadi. Olimpiadaga boradigan yoş matematiklarning tayyorgarlik jarayonlari bilan tanişiş maqsadida Kun.uz muxbiri Buxoro viloyati Qoraköl tumanidagi prezident maktabining 11-sinf öquvçisi Anvarbek Rahmatov hamda Xorazm viloyati Urganç şahar 6-ixtisoslaştirilgan maktab-internatining 11-sinf öquvçisi Behzod Maqsudov bilan suhbatlaşdi.
Anvarbek Rahmatov: Onam öqituvçi bölgan. Maktabda eng qiziqqan fanim matematika bölgan. Qolgan fanlar orasida qiyin fan ekanligi uçun ham matematika qiziq bölgandir balki. Keyin Qoraköldagi maktabga öqişga kirganman. 7-sinf vaqtlarim, ya’ni 2019 yilda xalqaro olimpiadaga tayyorlanib, musobaqalarda qatnaşişni boşlaganman. Öşanda Janubiy Afrikada IMC (International math competition)da oltin medal olib kelganmiz. Şu narsa olimpiadada qatnaşib, medal olişga harakat qilişga turtki bölgan.
Xalqaro matematika olimpiadasiga har yili saralaş böladi. 9-sinfdan beri şu saralaşda qatnaşişni boşlaganman. 9-sinfda öta olmaganman. Keyin 10-sinfda şu saralaşdan ötib, ötgan yilgi Norvegiyada bölgan olimpiadada qatnaşib kelganmiz. Bu men uçun yaxşi tajriba bölgan.
Birinçi marta olimpiadada qatnaşib medal ololmagaç, hozirgaça yaxşiroq natija körsatiş uçun tayyorgarlik köryapmiz.
Behzod Maqsudov: Matematikaga qiziqişimga bobom sababçi bölgan. Öqiş-yozişni bilmasdim, boğça vaqtida bobom köpaytiriş jadvalini yodlatib, hisoblaşni örgatgan. Şuning hisobiga boşlanğiç sinfda ham matematika bilan muammom bölmagan. Eng yaxşi biladigan fanim matematika bölgani uçun 5-sinfda şu fandan olimpiadaga borişga qaror qilganman. U yerdagi mendan yuqoriroq bilimga ega bolalarni körib, ular bilan bahslaşişga, öz ustimda işlaşga harakat qilganman.







