Quyidagi amallar rözadorning rözasini buzmaydi:
– Rözador ekanini unutib, taom yeyiş yoki içimlik içiş. Banda röza tutgani esidan çiqib, biron narsa yesa yoki içsa, eslagan zahoti çaynaşdan töxtab, oğzidagi luqmani çiqarib taşlaşi lozim. Agar rözadorligi esiga tuşganda ham çaynaşda davom etsa yoki luqmani yutib yuborsa, unga kafforat vojib böladi. Rözadorligini unutib jinsiy aloqa qilişning hukmi ham şunday;
– erkak yoki ayolning şahvat qözğaydigan joyiga tikilib qaraş sababli şahvat suvi çiqişi;
– rözani buzişga niyat qilib buzmaslik;
– soçga yoğ surtiş;
– surma qöyiş yoki közga rang surtiş (surtilgan narsaning ta'mi bilinsa ham zarari yöq);
– qon oldiriş;
– misvok işlatiş;
– oğiz va burunnig tahorat va ğuslda ohista çayiş (agar qattiq çayiş oqibatida içga suv ketib qolsa, rözaning qazosi tutiladi);
– ğiybat qiliş;
– beixtiyor tutun yutiş;
– tegirmonda işlaydigan kişining tomoğidan un çang holida ötişi;
– tomoqdan paşşa yoki çivin kabilar ötişi;
– ertalab ehtilom holida turiş. Bu holat rözani buzmaydi. Ammo, ğusl qilib olinadi;
– quloqdan suv kirişi;
– burun suvini içga yutiş;
– tişlar orasidagi nöxatdan kiçik narsani yutiş;
– tiş oldirirganda içga qon yoki dori ketib qolmasa röza oçilmaydi.
– oğizga sedana va kunjut kabi mayda narsalarni solib, mazasi ketguniça yutmasdan çaynaganda ham röza oçilmaydi.






