Qişloq aholisi sonini hisoblaşdagi xatolar tufayli dunyo aholisi rasmiy hisob-kitoblardan sezilarli darajada köp bölişi mumkin. Finlyandiyadagi Aalto universiteti tadqiqotçilarining fikriça, sayyorani kvadrat zonalarga bölişning an’anaviy usuli şaharlardan taşqarida yaşovçi odamlar sonini sezilarli darajada kam baholaydi. Bu haqda Science Alert xabar berdi.

Tadqiqotçilar 1975 yildan 2010 yilgaça bölgan ma’lumotlarni tahlil qilib, global aholi bazalari qişloq aholisini 53-84 foizga kam hisoblaganini aniqladi. Bu hisobga olinmagan odamlar soni bir neça milliardga yetişi mumkinligini anglatadi.

Tadqiqot mualliflari 35 mamlakatdagi 307 ta gidrotexnika loyihasi böyiça ma’lumotlarni örganib çiqdi. Ular beşta ma’lumotlar bazasi asosida köçirilgan aholi töğrisidagi rasmiy ma’lumotlarni uşbu hududlardagi aholi hisob-kitoblari bilan soliştirdi. Ma’lum bölişiça, qişloqlarda odamlar haqida, xususan, tibbiy xizmatlar va infratuzilma haqida şaharlarga qaraganda ança kam ma’lumot mavjud.

Xulosalarga barça ekspertlar qöşilmaydi. Ba’zilarning ta’kidlaşiça, zamonaviy sun’iy yöldoş tasvirlari va ma’lumotlarni töplaşning takomillaştirilgan usullari xatolik çegarasini kamaytirişi mumkin. Ammo haqiqiy farqlar kiçikroq bölsa ham, gap hali ham davlat xizmatlarini rejalaştiriş va iqlim özgarişi ta’sirini başorat qilişda hisobga olinmagan yuz millionlab odamlar haqida ketmoqda.

Tadqiqotçilar resurslarni aniqroq taqsimlanişini ta’minlaş uçun, ayniqsa, qişloq joylarida aholini hisoblaş usullarini qayta körib çiqişga çaqirmoqda.