Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) va Boş prokuror ofisi prezident Volodimir Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel jinoyatda gumon qilinayotgani haqida xabar berdi. UXX matbuot xizmati xabariga köra, Mendel Ukrainaga qarşi axborot-qöporuvçilik faoliyati bilan şuğullanmoqda.
Şu munosabat bilan huquq-tartibot idoralari unga nisbatan Ukraina Jinoyat kodeksining birdaniga ikkita moddasi böyiça gumon eʼlon qildi: 111-moddaning 2-qismi (Harbiy holat şaroitida sodir etilgan davlatga xiyonat); 436-2-moddaning 2 va 3-qismlari (Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi qurolli tajovuzini oqlaş, qonuniy deb tan oliş, inkor etiş hamda uning iştirokçilarini uluğlaş).
UXX xabariga köra, Mendel özining ommaviy çiqişlarida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilgan postlarida Ukrainani xalqaro maydonda obrösizlantirmoqda. Şuningdek, u Rossiya rejimini Ukrainaga qarşi boşlagan uruşi uçun oqlamoqda.
Mendel Ukraina hududidan taşqarida bölgani sababli, hozir uni javobgarlikka tortiş çoralari körilmoqda. Tergov harakatlari Boş prokuror ofisi protsessual rahbarligi ostida UXX Boş tergov boşqarmasi tergovçilari tomonidan olib borilmoqda.
Avvalroq Mendel Ukraina va prezident Volodimir Zelenskiy şaʼniga bir qator tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Xususan, joriy yilning may oyida u Taker Karlsonga intervyu berib, unda Rossiya tarğibotiga xos bölgan bir qator daʼvolarni ilgari surgan.
2026-yil avgust oyida esa Mendel Fransiyaning Le Journal naşriga intervyu berib, unda Ukraina prezidentini göyoki «uruşdan eng katta manfaat körayotgan şaxs» deb atagan. Şuningdek, u Zelenskiyni avtoritarizmda va korrupsiya muammolariga köz yumişda ayblagan.
Sentabr oyida Ukraina prezidenti Mendelga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Davlat rahbari Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi tomonidan tasdiqlangan şaxsiy çeklovlar paketini imzoladi. Uşbu röyxatga yolğon axborot va tarğibot tarqatayotgan hamda Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzini qöllab-quvvatlayotgan jami 10 nafar Rossiya va Ukraina fuqarosi kiritilgan. Ular orasida Yuliya Mendel ham bor edi.












