2-noyabr kuni keçqurun Kiev yaqinidagi Petropavlovskaya Borşçagovka qişloğidagi xususiy uy atrofida önlab odam töplandi. Bunga kun davomida ijtimoiy tarmoqlarda uşbu uy yertölasida qurolli şaxslar 40 ga yaqin kişini uşlab turgani haqida tarqatilgan xabar sabab böldi.
Yiğilganlarning sözlariga köra, uşbu uyda harbiy qismni özboşimçalik bilan tark etgan harbiylar uşlab turilgan va kaltaklangan. Namoyişga kelgan ayollardan biri jurnalistlarga içkarida öğli ham borligini, u işga ketayotganda harbiy komissariat xodimlari tomonidan qölga olinganini aytdi. Aholi içkariga bostirib kirişga va darvozani buzişga uringan.
Köp ötmay uyga politsiyaçilar ham yetib kelgan. Ularni voqea joyida bölib turgan tez yordam xodimlari çaqirişgan. Şifokorlar tibbiy yordamga muhtoj bölgan odamlar oldiga ötkazişmayotganini bildirişgan.
Politsiyadagilar uyda odamlar noqonuniy tarzda uşlab turilgani haqidagi xabarlarni yolğon deb atadi va bu yerda Ukraina Milliy gvardiyasi bölinmalaridan birining harbiy xizmatçilari joylaşganini bildirdi.

Milliy gvardiya qömondoni Oleksandr Pivnenko voqea joyiga keldi va bu maʼlumotni tasdiqladi. Uning sözlariga köra, Milliy gvardiya xususiy uyni ijaraga olgan va undan vaqtinça joylaşuv punkti sifatida foydalangan, safarbar qilingan yangi askarlar ham şu yerga olib kelingan va şu yerda rasmiylaştiriş işlari ötkazilib, keyin öqitişga yuborilgan.

Pivnenko kelişidan oldin uydan tört kişi olib çiqilgan va ular tibbiyot xodimlariga topşirilgan. Jurnalistlar xabar berişiça, ulardan birining umurtqa poğonasi singan. Milliy gvardiya qömondoni uydan olib çiqilib, şifoxonaga olib ketilgan tört kişi – Milliy gvardiyaning harbiy qismlarini taşlab ketganidan keyin qölga olingan harbiylari ekanini maʼlum qildi. U uyda yana 18 nafar harbiy borligi va ularning «ahvoli joyida ekani»ni aytgan.















