WBA (Butunjahon boks assotsiatsiyasi) prezidenti Jilberto Xesus Mendosa özbekistonlik Ruslan Çagayev hamda avstraliyalik Lukas Braun örtasida ötkazilgan jang yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Uning bayonoti World Boxing News saytida keltirilgan.

Taşkilot rahbarining ma'lum qilişiça, WBA (Regular) yönalişi çempionlik kamari uçun 5 mart kuni Grozniy şahrida keçgan jang rasman ötkazilmagan deb topilgan va jang natijasi bekor qilingan.

Endilikda, Ruslan Çagayevning professional boksdagi faoliyatida qayd etgan mağlubiyatlari soni 3tadan 2taga özgargan.

Eslatib ötamiz, Grozniydagi jangda Ruslan Çagayev 10-raundda texnik nokautga uçrab, mağlubiyatga uçragan edi. Lekin jangdan söng olingan har ikki doping tekşiruvi Lukas Braunning qon tarkibida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligini tasdiqladi. Şu tariqa, avstraliyalik boksçi rasman WBA (Regular) çempionlik kamaridan mahrum etildi. U 6 oy muddatga diskvalifikatsiya qilingan.

Endi Ruslan Çagayev öziga qaytarilgan uşbu çempionlik kamarini Fres Okendodan himoya qiliş kerak. Tomonlar uşbu jang yuzasidan 120 kun içida kelişib olişlari şart.