Tadbirkor Geri Vaynerçuk kunni maksimal darajada unumli ötkazişda yordam beradigan taym-menejmentning olti texnikasi haqida sözlab berdi.
Vaqtni boşqariş uçun köpçilik odamlar texnikalardan foydalanişmaydi. Öz biznesini yaratiş, şaxsiy brendni rivojlantiriş va blog yuritiş uçun vaqt yetişmovçiligidan köpçilik noliydi. Aslida, vaqtingiz siz öylaganingizdan köproq. Bir sutkada 24 soat vaqtingiz bor.

Aytaylik, siz 9:00 dan 17:00 gaça işlaysiz. Kuniga sakkiz soat. Işga boriş va uyga qaytiş uçun ikki soat vaqt sarflaysiz. Oilangiz davrasida ham bir muddat bölişni istaysizmi? Marhamat! Buning uçun işdan qaytgaç ikki soat vaqt ajratişingiz mumkin. Yetti soat uxlaşingiz kerakmi? Yaxşi. Sizda yana beş soat vaqt qoladi.
Bu vaqtni nimaga sarflaş lozim?
Seriallar tomoşa qiliş yoki hordiq uçun sarflasangiz kerak?
Yanada köproq vazifalarga ulgurişda yordam beradigan olti texnika:
Doimiy ravişda «audit rejimida» bölasiz!
Buning uçun, dastlab, muhim vazifalarni bajarib, ularga eng köp vaqt ajratiş lozim. Men, köpinça, hozirgi zamonga moslaşaman. Keça muhim sanalgan vazifa bugun ahamiyati kamroq bölişi mumkin. Men har kuni biror vazifa bilan şuğullanaman, buni bajariş vaqtida bir joyda qotib qolmaganimni bilaman. Işlar va ustuvorliklarning katta röyxati menga xalaqit qilmaydi.
Biznesdagi noma'lum muammolardan qörqmang!
Men bilmaydigan narsalar meni qörqitmaydi. Bu muhim. Köpçilik katta qiyinçiliklarga duç kelganda dovdirab qolişadi, çunki ular dunyodagi barça narsalar haqida ideal bilimga ega emas. Ular har bir muammo uçun aniq rejaga ega bölişim lozim, deb hisoblaydilar.

Agar bir muammo ustida işlayotganimda ikkinçisi yuzaga kelsa, uni ham hal qiliş uçun kirişaman. Agar törtinçi muammo nazoratdan çiqib ketsa, men öz diqqatimni unga qarataman.







