Çol-kampirning ikki farzandi hamda 6 va 10 yaşar ikki nevarasi ham ovqatdan zaharlangan, ular tuman tibbiyot birlaşmasiga joylaştirilgan.

Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsiddinov Kun.uz'ga taqdim etgan birlamçi axborotga köra, oila a’zolari ovqatdan va 7 avgust kuni tuman dehqon bozorining old qismidan sotib olinib, ikki kun muzlatkiçda saqlanib, 9 avgustda iste’mol qilingan tarvuzdan zaharlangan. Marhumlar ölimi 11 avgust soat 09:30 larda oila xonadonida röy bergan.

Norin tumanlararo STEBning 11 avgustdagi 71- va 72-sonli dastlabki ma’lumotlariga köra, ölimga noma’lum agentdan (ovqat maxsulotidan) zaharlaniş, içki a’zolar şok holati, qonning suyuq holda bölişi, surunkali yurak işemik kasalligi, ötkir miya öpka şişi, ötkir yurak qon tomir va nafas yetişmovçiligi sabab bölgan.

Tuman prokuraturasi holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasini tayinlagan va tergovga qadar tekşiruv harakatlarini olib bormoqda.