Farğona viloyati Uçköprik tumanida ovqatdan zaharlanişda gumon qilingan 31 kişi şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 17–18-sentabr kunlari Uçköprik tumanida istiqomat qiluvçi fuqarolar holsizlik, köngil aynişi va iç ketişi kabi şikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan.

Dastlabki epidemiologik suriştiruv jarayonida murojaat qilgan fuqarolar Uçköprik tumani Navrözşoh köçasida joylaşgan fast-fud mahsulotlari tayyorlaydigan şoxobçalardan birida hot-dog va non-burger kabi mahsulotlarni isteʼmol qilgani aniqlangan.

Şifokorlar tomonidan bemorlarda ovqatdan zaharlaniş holatiga gumon qilingan.

18-sentabr kuni soat 17:00 holatiga jami 37 nafar fuqaro tibbiy yordam sörab murojaat qilgan. Ularning 31 nafari şifoxonaga yotqizilgan.

«Hozirda bemorlarga malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy yordam körsatilmoqda. Holat yuzasidan epidemiologik suriştiruv işlari davom ettirilmoqda. Gumondagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda bemorlardan tekşiruv ötkaziş uçun tegişli namunalar olingan va tegişli laboratoriyalarda tekşirilmoqda», – deyilgan xabarda.

Tadbirkorlik subyekti faoliyati qonunçilikda belgilangan tartibda vaqtinçalik töxtatildi.

Holat böyiça qöşimça axborot taqdim etilişi maʼlum qilingan.