Yuliy Yusupov soliq islohoti haqida: yutuq va muammolar
|16:11 / 01.01.201940 86118 min
Iqtisodiy rivojlanişga kömaklaşuv markazi (CED) rahbari Yuliy Yusupov Özbekiston Respublikasida soliq siyosatini mukammallaştiriş konsepsiyasida belgilangan dastlabki rejalar bilan soliq sohasidagi sönggi özgarişlarni taqqoslab, ularga baho berdi va Kun.uz sayti uçun maqola tayyorladi.
Davlat moliyasi sohasiga taalluqli ikkita muhim hujjat e'lon qilindi.
- «2019 yil uçun soliq va byudjyet siyosatining asosiy yönalişlari qabul qilinişi yuzasidan Özbekiston Respublikasining ba'zi qonunlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»;
- «Özbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet möljallari töğrisida»;
Bu hujjatlarni prezidentning iyun oyida imzolagan «Özbekiston Respublikasida soliq siyosatini mukammallaştiriş konsepsiyasi haqida»gi qarorida belgilangan tamoyillarni amalga oşirilişi nuqtai nazaridan körib çiqamiz.
Soliq islohoti boşlandi
Bu hujjatlarning qabul qilinişi 2019 yil 1 yanvardan soliq islohotining boşlanganini anglatadi. Islohotlarning zarurligi postsovet Özbekistondagi mavjud soliq tizimi iqtisodiyotning barqaror rivojlanişiga heç qanday imkoniyat qoldirmay, jahon iqtisodiyotining abadiy xomaşyo quvuri bölib qolişiga mahkum qilayotgani bilan şartlangan edi.
Soliq islohoti mavjud soliq tizimidagi 3ta muhim muammoni hal qilişga qaratilgan. Bu muammolarni va 2019 yilda ular qanday hal qilinişini körib çiqamiz.
1. Mehnatga haq tölaş fondiga nisbatan yuqori soliqlar.
Ular bandlikka kömaklaşmay, aksinça, soyali iqtisodiyotni rağbatlantirayotgan edi.
2019 yilda mehnatga soliqlar keskin qisqaradi:
- iş haqidan byudjyetdan taşqari Pensiya fondiga uşlab qolinadigan 8% suğurta badali bekor qilinadi;
- soliqqa tortişning eng yuqori şkalasi 22,5% bölgan progressiv turi örniga, daromad soliğining 12% miqdordagi «tekis» şkalasi joriy qilinadi;
- soliqqa tortişning umumiy tartibida 25%, soddalaştirilgan tartibida 15% bölgan yagona ijtimoiy tölov 12% qilib belgilanadi;
Mavzuga oid
2. Soliq yukining notekis taqsimlanişi
Birinçi navbatda gap soliqqa tortişning soddalaştirilgan va umumiy tartibi orasidagi juda katta farq haqida ketmoqda (ya'ni kiçik va yirik korxonalar orasida). Bir tartibdan ikkinçisiga ötganda soliq yuki bir neça marta oşib ketişi mumkin. Bu esa biznesning ösişiga tösqinlik qiladi va milliy işlab çiqaruvçilarning raqobatbardoşligini oşiriş imkoniyatini keskin pasaytiradi.
Şundan kelib çiqqan holda, soliq yukini keskin qisqartiriş va soliqqa tortişning umumiy tartibidagi qoidalarni soddalaştiriş nazarda tutildi, jumladan:
- mehnatga haq tölaş fondi soliqlari qisqartirildi (yuqoriga qarang);
- umumiy tartibdagi korxonalar uçun davlatning maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalar bekor qilindi (tuşumdan 3,2%);
- yuridik şaxslarning foyda soliği miqdori 14% dan 12% ga pasaytirildi (tijorat banklari uçun – 22% dan 20% ga, uyali aloqa kompaniyalari uçun 14% dan 20% ga oşdi va rentabellikning ma'lum darajasidan ötganda tölanadigan soliq bekor qilindi, sement va polietilen granula işlab çiqaruvçilar uçun 14% dan 20% ga oşirildi);
- dividend soliği 10% dan 5% ga pasaytirildi;
- yuridik şaxslarning mulk soliği stavkasi 5% dan 2% ga pasaydi, şuningdek, suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliqning barça yuridik şaxslar tomonidan tölanişi şartligi joriy qilindi;
3. Xalqaro tajribaga zid ravişda, Özbekistonda tuşumdan (aylanmadan) olinadigan soliqning mavjudligi
Ya'ni, qöşilgan qiymat, foyda, daromad emas, balki barça xarajatlarni öz içiga olgan tuşumning soliqqa tortilişi. Bu umumbelgilangan soliqqa tortiş tizimi korxonalari uçun davlat maqsadli jamğarmalariga ajratmalar, kiçik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlaniş korxonalari uçun yagona soliq tölovidan iborat edi.
Tuşumdan olinadigan soliq, şuningdek, qöşilgan qiymat soliğini tölaş zanjiridagi uzilişlar (QQS amalda özining aksi bölgan tuşum soliğiga aylangan holatlar) ijtimoiy mehnat taqsimotiga, qöşilgan qiymatni yaratiş uçun uzun zanjirni şakllantirişga juda salbiy ta'sir qilayotgan edi. Çunki, zanjir qançalik uzun bölsa, soliq yuki şunçalik ortib, ikki va uç marotaba soliqqa tortiş yuzaga kelayotgandi. Bunday şaroitda xomaşyodan yuqori qöşilgan qiymatli tayyor mahsulotga qadar tölaqonli işlab çiqariş siklini yaratişning iloji yöq edi.
Bunday vaziyatda yeçim yagona: tuşum soliqlaridan voz keçib, qöşilgan qiymat soliğini joriy qiliş. Buning uçun islohotlar doirasidagi quyidagilar közda tutilgan:
- umumbelgilangan soliqqa tortiş tizimi korxonalari uçun davlat maqsadli jamğarmalariga ajratmalarni bekor qiliş;
- umumbelgilangan soliqqa tortiş tizimi korxonalari uçun soliq yukini pasaytiriş, bu bilan kiçik korxonalarni bu tizimga ötişga qiziqtiriş;
- yil yakuniga köra, tuşumi (aylanmasi) 1 milliard sömdan oşgan yoki yil davomida belgilangan marradan ötgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni tölaşga ötkaziş;
Bu çoralarni amalga oşiriş soliq tizimini keskin özgartiriş imkoniyatini beradi. Islohot Özbekiston iqtisodiyotiga soliqqa tortişning zamonaviy modeliga ötiş, soliq tizimini rivojlangan davlatlar standartlariga yaqinlaştirib, nomutanosiblik va tengsizlikni bartaraf qiliş, yakunda esa iqtisodiyotni inklyuziv barqaror rivojlanişiga kömak beruvçi samarali ijtimoiy institutlarni yaratiş imkoniyatini beradi.
Biroq, hammasi ajoyib va juda yaxşi deyolmaymiz. Islohotlarni amalga oşirişda muammolar bor va ular zinhor kiçik emas.
Islohotlarni amalga oşirişdagi eng katta xato
Soliq islohotini amalga oşirayotgan hukumatning eng katta xatosi, menimça, QQS stavkasini 20% qilib qoldirilişi böldi (töğri, 2019 yil yakuniga köra u pasayişi mumkin). Gap şundaki, soliq islohoti konsepsiyasining dastlabki variantida stavka 12% qilib belgilanişi közda tutilgan edi.
Birinçidan, konsepsiya mualliflari qöşni Qozoğiston va Qirğizistonda mavjud bölgan 12% stavkani möljallagan edilar. Ikkinçidan, aynan 12% stavka köplab kiçik korxonalarga soliqqa tortişning umumiy tartibiga oğriqlarsiz ötiş imkoniyatini berar edi.
Endi esa:
- biznesning legallaşuvi va soliqqa tortişning umumiy tartibiga ötişi kutilganidan kamroq kölamda böladi. Biznes QQSga ötmaslikka faol tarzda harakat qiladi, jumladan, biznesni maydalaştiriş, tuşumni yaşiriş, yangi yuridik şaxs sifatida qayta röyxatdan ötiş şaklida;
- mahalliy tovar va xizmatlarning ba'zi turlari qöşni mamlakatlarga nisbatan kamroq raqobatbardoş bölişi mumkin;
- soliqqa tortiladigan bazaning qisqarişi natijasida, byudjyet daromadlari kamayişi mumkin.
Soliqqa tortişning yangi tizimiga ötişdagi biz duç kelayotgan köplab muammolar aynan QQS stavkasini pasaytirişni istamaslik bilan boğliq. Umid qilamizki, bu qaror soliq islohotlari ildiziga bolta urmaydi.
QQS stavkasini pasaytiriş örniga soddalaştirilgan QQS tizimi joriy qilinmoqda. Menimça, bu soliq islohotini amalga oşiriş jarayonini sekinlaştiradi va qiyinlaştiradi, çunki, bu soliqni tölaşda tölaqonli hisobga olişni amalga oşiriş imkoniyatini bermaydi.
Soddalaştirilgan QQS tizimiga ötiş imkoniyati yillik aylanmasi 3 milliardgaça bölgan korxonalar uçun mavjud va bu rejimda 2021 yil 1 yanvargaça böliş mumkin.
Bu tartibning asosiy xususiyati soliq stavkasini pastligi, şuningdek, xarid qilingan tovarlar (işlar, xizmatlar) böyiça QQS summasini hisobga oliş imkoniyatining yöqligidir. Bunda tölangan QQS mahsulotni sotib oluvçi standart QQS tölovçi tomonidan hisobga olinişi mumkin.
Soddalaştirilgan QQSning bazaviy stavkasi – 7%. Ammo iqtisodiyotning alohida sohalari uçun boşqaça stavkalar közda tutilgan: quriliş korxonalari – 8%, savdo korxonalari – 6%, umumiy ovqatlaniş va mehmonxona xöjaligi korxonalari – 10%, professional xizmat körsatuvçi yuridik şaxslar (auditorlik xizmatlari, soliq maslahati xizmatlari, konsalting, brokerlik xizmatlari va b.) – 15%, qişloq xöjaligi mahsulotlarini realizatsiya qiluvçi yuridik şaxslar (özi işlab çiqargan mahsulotdan taşqari) – 4%.
Soliq konsepsiyasini amalga oşirişdagi boşqa muammolar
Afsuski, prezidentning iyun oyidagi qarorida körsatilgan ba'zi vazifalarni bajariş qaysidir ma'noda barbod qilingan.
1. Soliq kodeksining yangi talqini işlab çiqilmagan. Vaholanki, buni amalga oşiriş uçun yarim yil vaqt bor edi. Dekabr oyida kodeksga kiritilayotgan özgarişlar yangi soliq tizimini joriy qilişdagi köplab muammolarni hal qilmaydi. Bu islohotlarga berilgan katta zarba.
2. Özi işlab çiqargan qişloq xöjaligi mahsulotlariga taalluqli QQS bilan boğliq muammo hal qilinmagan. Muammoning mohiyati şundaki, agrar korxonalar QQS tölamaydi, natijada, ularning mahsulotini xarid qiluvçi va qayta işlovçi umumiy ovqatlaniş va savdo korxonalari qöşilgan qiymatni yaratuvçi zanjirning iştirokçisi sifatida uni hisobga ololmaydi. Natijada, bu korxonalarning soliq yuki ortadi. Öz navbatida, bu muammoni hal qiliş uçun yaxşi variantlar bor edi, ammo, ular e'tiborga olinmadi.
Töğri, Soliq kodeksining 208-moddasida Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilgan ba'zi oziq-ovqat mahsulotlarining QQSdan ozod qilinişi, ularning röyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanişi körsatilgan. Ammo, bu röyxat qayerda va nega u Kodeks bilan emas, balki Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanişi kerak? Bundan taşqari, nooziq-ovqat qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlovçilar, masalan töqimaçi korxonalari nima qilişi kerak? Ular uçun muammo umuman hal qilinmagan.
Qişloq xöjaligi mahsulotlari böyiça QQSning hisobga olinişi muammosining yeçim topmagani – soliq islohoti uçun xavfli bölgan yana bir (QQSning 20% qilib belgilanişi bilan bir qatorda) muammolardan biridir. Umid qilamanki, 2019 yilda bunga qandaydir yeçim topiladi.
3. QQS va foyda soliğini hisoblab çiqiş va tölaşning soddalaştirilişi haqidagi Kontseptsiyada belgilangan reja amalga oşirilmadi. Bu soliqlar hisobini yuritiş soliq tölovçilar uçun ham va soliq idoralari uçun ham murakkabligiça qolmoqda. Bu esa soliq islohotini muvaffaqiyatli amalga oşirilişiga halal beradi.
4. Soliq imtiyozlari optimizatsiya qilinmadi. Köplab soliq imtiyozlarining mavjudligi samarasiz va zararlidir: ular raqobatni öldirmoqda (kimdir imtiyozga ega, kimdir yöq) va davlat byudjyeti daromadlarini pasaytirmoqda. Prezident 2018 yil 29 dekabrdagi murojaatida optimizatsiya masalasini yana bir marotaba köndalang qöygani bejiz emas: «Soliq yukini pasaytiriş hisobiga, barça uçun adolatli bölgan soliq tizimini joriy qiliş kerak, soliq imtiyozlarini bosqiçma-bosqiç bekor qiliş lozim».
Hukumat bunday optimizatsiyani byudjyet daromadlarining pasayişidan çöçib amalga oşirmagani ajablanarli. Janoblar, mana marhamat – byudjyetni töldiriş manbalari! Nima uçun ulardan foydalanişni istamaysizlar? Bu savolga javob olişni istardik. Şunday bölsa-da, özim bu savolga quyida javob berişga harakat qilaman.
5. Soliq islohotlari Kontseptsiyasiga zid ravişda (unda yagona soliq tölovi stavkasi 4% bölişi közda tutilgandi) iqtisodiyotning turli sohalari uçun yagona soliqning turli stavkalari belgilandi («Özbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet möljallari töğrisida»gi qarorning 7-ilovasiga qarang). Xususan, aholi soni 100 mingdan ortiq bölgan şaharlardagi umumiy ovqatlaniş korxonalari 8% stavka böyiça yagona soliq tölaydilar. Moliyaviy idoralarimizning iqtisodiyotning bu sohasiga bölgan «ğalati munosabati» haqida keyinroq suhbatlaşamiz.
6. Soliq qonunçiligining bir qator muhim normalari heç qanday muhokamasiz tasdiqlandi. Ular quyidagilar:
- soddalaştirilgan QQS tizimi,
- mobil aloqa xizmatiga aksiz soliğining joriy qilinişi, Özbekiston Respublikasi hududida işlab çiqariladigan sigaretalarga aksiz soliği stavkasining oşirilişi,
- Tovar aylanmasi 100 milliondan ortiq, ammo 1 milliarddan kam bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga yagona soliq tölovining joriy qilinişi. Bu toifadagi tadbirkorlarni yagona soliq tölovçilari qatoriga ötkazilişi nima uçun kerak ekan? Vaholanki, islohotning muhim maqsadlaridan biri – aylanmadan olinadigan soliq sohalarini qisqartiriş edi (bu holatda esa u kengaymoqda).
Lobbistlar yutib çiqdimi?
Soliq imtiyozlarini optimallaştirişga qaytamiz. Bu vazifani bajarişning murakkabligi xususiy, guruh va idoraviy manfaatlarni lobbi qiliş bilan boğliqligini taxmin qiliş mumkin.
Har bir imtiyoz ortida nufuzli kuçlar turib, biznes uçun şaroitlarning tenglaştirilişiga qarşi çiqmoqda. Çunki barça uçun bir xil va şaffof bölgan öyin qoidalari ularning biznesdagi raqobatda yutib çiqiş imkonini beruvçi ustunlikdan mahrum qilmoqda. Bunday lobbistlarni tuşuniş mumkin. Biroq, umid qilamanki, hukumat ularning ta'siri ostiga tuşib qolmaydi va ijtimoiy manfaatlarni amalga oşirişga harakat qiladi.
Lobbi kuçlari ta'sirining misoli sifatida bojxona tölovlari bilan boğliq vaziyatni keltiriş mumkin.
2018 yil iyun oyida «Özbekiston Respublikasida taşqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soliş va bojxona-tarif nazorati tizimini takomillaştiriş haqida»gi prezident qarori qabul qilingan, unda 2019 yil 1 yanvardan bojxona tölovlarining keskin qisqarişi közda tutilgan edi.
Qarorning dastlabki versiyasidagi rejalar va unga dekabr oyida kiritilgan özgarişlarni taqqoslab («Özbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet möljallari töğrisida»gi qarorga 33-ilovaning 10-punktiga qarang), u yoki bu lobbi guruhlarining kuçi haqida tasavvurga ega böliş mumkin.
Albatta, bu röyxatda avtosanoat sözsiz peşqadamlik qilmoqda. U 20 yildan beri turli taqiqlovçi bojxona tölovlari orqali, har qanday raqobatdan himoya qilingan. Natija esa – tannarxning yuqori ekani, assortimentning kamligi, mahsulot sifatining pastligi va iste'molçilar uçun narxning yuqoriligi (rasmiy narxlarning yuqoriligi, navbatlar, «şapkalar»).
Qiziği şundaki, byudjyet bu sohadan deyarli heç narsa olmaydi, çunki unga juda katta soliq imtiyozlari berilgan. 2019 yilda soliq imtiyozlarining bir qismi bekor qilindi. Ammo, avtosanoatning monopoliyasini inobatga oladigan bölsak, u yangi soliq yukini osonlik bilan iste'molçi gardaniga yuklaydi. Demak avtomobillar narxining yanada oşişini kutavering.
Qaysi tovar işlab çiqaruvçilar bojxona tölovlarining yuqori bölişini lobbi qilmoqdalar?
Bojxona tölovlari 15%dan ortiq bölgan va/yoki import uçun aksiz mavjud bölgan örinlarga qaraymiz:
- qandolat mahsulotlari;
- qayta işlangan meva/sabzavot mahsulotlari;
- muzqaymoq, pişloq, tvorog, tuxum;
- gazli va alkogol içimliklar, sigaretalar;
- ba'zi quriliş materiallari (sement, ohak, gips, plastmassa materiallari), sopol buyumlar;
- tayyor tekstil mahsulotlari, gilamlar;
- alyumin profillar va alyumindan boşqa mahsulotlar;
- çöğlanma lampalar, gazplitalar va elektroplitalar, suv isitiş moslamalari, mikrotölqinli peçlar, konditsionerlar, televizorlar, monitorlar, muzlatgiçlar, kir yuviş maşinalari, çangyutgiçlar, dazmol va boşqa maişiy texnika,
- traktorlar, ğalla örib oladigan kombaynlar.
Bu öz manfaatlarini hukumat orqali himoya qilişga erişgan lobbistlarning röyxati. Boşqa soha vakillariga esa kamroq uluş tekkan.
Umumiy ovqatlaniş korxonalarining aybi nima?
Agar kimdadir lobbi kuçi umuman yöq deydigan bölsak, bu umumiy ovqatlaniş sohasidir.
Bu sektor har doim moliyaviy idoralarning diqqat-eʼtiborida turgan. Masalan, yagona soliq tölovining bazaviy stavkasi 2018 yilda - 5%, çakana savdoda – 4%, umumiy ovqatlanişda esa – 10%. Nega? Qandaydir mantiqiy asos topişga urinib köring, ammo u mavjud emas. Şunçaki kimdir şuni xohlab qolgan.
Qayd qiliş joizki, 2019 yilda ham sektorga nisbatan bunday munosabat saqlanib qolgan: yagona soliq tölovining bazaviy stavkasi – 4%, umumiy ovqatlaniş sohasida – 8% (Soliq islohoti konsepsiyasiga zid ravişda).
Soddalaştirilgan QQS bazaviy stavkasi – 7%. Ammo umumiy ovqatlaniş korxonalari va mehmonxona xöjaligi korxonalari uçun albatta – 10%. Biz turizmni şunday rivojlantirmoqçimiz. Şunçaki fantastika. Bundan taşqari, umumiy ovqatlaniş korxonalari soliq islohotidan oldin yoppasiga soliq idoralari tomonidan ommaviy tekşiruvlarga ham uçragan edi.
Umumiy ovqatlaniş korxonalari uyuşmasi va turizm sohasi rahbarlarini öz manfaatlarini muvaffaqiyatli tarzda himoya qilayotgan sohalar rahbarlari oldiga malaka oşirişga yuboriş kerak, röyxatni yuqorida sanab ötganmiz.
Noaniqlik va noşaffoflik – biznesning asosiy duşmanlari
Yakunda investitsiya muhiti haqida gapiramiz.
Yaqinda ikkita katta mulozimning qiziqarli suhbati bölib ötdi. Öşa paytda Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi, senator Jahongir Ortiqxöjayev Qozoğistonni investitsiya jalb qiliş yölidagi asosiy raqibimiz ekanini, biroq soliqlarimiz investitsiya jozibasini yetarli darajada ta'minlaş imkonini bermasligini aytdi.
Boş vazir örinbosari, moliya vaziri Jamşid Qöçqorov unga e'tiroz bildirib, raqobat faqat soliq stavkalarining pastligiga boğliq emasligini aytdi.
Bunday paytda Xöja Nasriddinning «xotin, sen ham haqsan», degani töğrisidagi latifa esga tuşib ketadi (internetdan izlab körişingiz mumkin). Har ikkala mulozim ham haq.
Investorlar (mahalliysi ham, xorijiysi ham) albatta soliq yuklamasiga nazar solişadi va uni Fransiya yoki Latviyaniki bilan emas, bizga qöşni mamlakatlar bilan taqqoslab körişadi. Bizda mavjud bölgan 20% QQS bilan (soliq konsepsiyasini muhokama qilişda Moliya vazirligi şunday bölişi kerakligini ta'kidlab, yakunda bunga erişdi) biz öz tadbirkorlarimiz uçun ham investitsiya tomondan jozibador bölişimiz juda oğir.
Boşqa tomondan olib qaralganda, mamlakatning investitsion jozibasini faqat soliqlar belgilab bermaydi. Biznesni iqtisodiyotning deyarli barça jabhalari qiziqtiradi: mulk huquqining himoya qilinişi, ma'muriy tösiqlar, moliyaviy sektorning faoliyati, barça uçun bir xil bölgan öyin qoidalari va hokazolar. Va albatta investitsion jozibaning muhim omillaridan biri – siyosat va qonunçilikning oçiq va şaffofligidir, kutilmagan harakatlardan holi ekanidir.
Aynan şu mavzuda köproq bahslaşiş kerak deb hisoblaymiz. 2019 yilda biznes öziga taalluqli bölgan soliqqa tortiş qoidalarini yangi yilga bir neça kun qolganida bilib oldi. Hatto, hujjatlar e'lon qilinganidan keyin ham köp narsa mavhumligiça qolmoqda.
Xöş, bunday noaniqlik va noşaffoflik şaroitida qanday qilib biznes işini rejalaştiriş va investitsiyalarni amalga oşiriş mumkin? Va qanday qilib, yangi investorlarning jalb qilinişiga umid qiliş mumkin? Biroq, bu ritorik savollar edi xolos.