Özbekistonda 2024 yilning yanvar-fevral oylarida 137 457 ta tirik tuğiliş holati qayd etilgan. Bu 2023 yilning tegişli davriga nisbatan 3 631 taga – 2,6 foizga kam. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, ayrim trendlar bu holat davom etişi mumkinligiga işora qiladi.

“Birinçidan, qayd etilgan nikohlar soni ikkinçi yil ketma-ket qisqarmoqda va 2023 yilda yangi davrdagi eng kam nikoh röyxatga olingan (283,8 ming). Bundan kamroq körsatkiç 2016 yilda qayd etilgan (275 ming).

Ikkinçidan, ajralişlar soni sun’iy byurokratik tösiqlarga qaramay, 2023 yilda barça davrlardagi maksimum – 49,2 mingga yetgan. Bu raqam mavjud reallikni ifodalamasligi va avvalgi yillardagi tösiqlarning yumşatilişi effekti bölişi ham mumkin.

Uçinçidan va bu eng asosiysi, daromadlarning ösişi keskin sekinlaşgan. 2023 yilda jon boşiga real daromadlar ösişi pandemiya yilini hisobga olmasa, oxirgi 7 yildagi eng past körsatkiçgaça sekinlaşgan – 2,4 foiz. 5 ta hududda esa real daromadlar qisqargan”, deya yozdi iqtisodçi.

Otabek Bakirovning qöşimça qilişiça, yangi davrda tuğilişning keskin ortişi daromadlarning ösişi bilan yuqori korrelyatsiyada bölib kelgan.

“Tuğiliş dinamikasining uzoq muddatli trendi yana urbanizatsiya, gender çaqiriqlari, migratsiya, ertangi kunga işonç kabi köplab omillar ta’siri ostida şakllanadi”, deya yozdi u.

Özbekistonda yillik tuğilişlar soni 2018 yildan buyon uzluksiz ösib kelayotgan edi.