Öqişdan taşqari Marğilon şahridagi Raqamli texnologiyalar markazida tahsil oladi. Muhammadayub markazga 3D Max’ga (kompyuterda model va interer yaratiş) ixtisoslaşgan kursga kelişni boşlagan. Hozirda u frilanserlik faoliyatiga ötib, yasagan modellari jahon elektron bozorlarida sotila boşladi.
“2021 yilning yoz oyida Raqamli texnologiyalar markaziga kelganman. Şu paytgaça saytlarga modellar joylab, jahon bozorlarida daromad topyapman.

Asosan vanna va qandillar yasayman. Tajribamni oşirib, kattaroq, kuçliroq modellarni yasaşga harakat qilyapman. Kelajakda şu yönalişda bilim va tajribamni oşirmoqçiman.

Asosan modellarimning yasalişiga, dizayniga, körinişiga e’tibor beraman. Keyin ularni saytlarga joylab boraman. Yoşligimdan kompyuter yönalişini örganmoqçi bölib, maktabdagi ustozlarimga bu haqda köp aytardim. IT markazi oçilganini bilib kelib, kursga yozilib şu soha böyiça izlanyapman”, – deydi u.

Muhammadayubning otasi tadbirkor, onasi uy bekasi. Ular oilada 3 nafar farzand bölib, Muhammadayub örtança farzand.

“Boşlanğiç kurslarimizdayoq Muhammadayubning şu sohaga qiziqişi, iqtidori borligini bilib, uni modellaştirişga yönaltirganmiz.
Asosiy yönaltirgan işimiz çet el bozorlarida 3D modellar sotişdan iborat. Özi yasagan modellarni çet el bozorlarida sotişni boşlagandan keyin bunga qöşimça qilib çet eldan buyurtmalar oliş, ya’ni bozorga emas, buyurtmaçilar uçun alohida iş qilişni şakllantirmoqçimiz.
Qandil modellari yasaş uçun Muhammadayubga alohida yönaliş qilib berdik” – deydi markaz xodimi Abdusattor Egamberdiyev.









