2026 yilda Özbekistonda ilk marta 140 mingta xonadonga ega köp qavatli uylar quriladi. Bozorda raqobat oşib, developerlar turli çegirmalar, bölib tölaş imkoniyatlari va bonuslarni taklif qilyapti. Bunday vaziyatda şoşqaloqlik bilan qaror qabul qilib qöymaslik uçun köçmas mulk böyiça mutaxassis Bobur Jafarovning maslahatlari asqotadi.
- Umuman olganda hovli xarid qilgan yaxşimi yoki köp qavatli uydan xonadon?
- Bu qiziq savol. Birinçidan, bu baribir iqtisodiy tomondan kelib çiqadi.
Misol uçun, kvartiraning ham yaxşi, qulay tomonlari bor, uçastkaning ham qulay tomonlari bor. Uçastka qimmat degani zör degani emas. Uning minuslari ham bor-da. Oldin özingiz hal qilişingiz kerak. Misol uçun, sizda balkim uçastkaga yetadigan pulingiz bordir, lekin kvartira ham sizning oilangiz uçun mos bölişi mumkin.
Bu degani, misol uçun, öşa 200-300 ming dollar pul, uçastkaning puli, markazdan bitta kvartira olib turib, yaxşi infrastruktura, parkovkasi, boğlari bor, misol 100-150 kvadrat atrofida yaşaşingiz mumkin. Agar sizning oilangiz yoş oila bölsa - ertalab işga ketasiz, keçqurun kelasiz dom qulay. Sayohat qiladiganlarga ham, misol uçun, şundoq qulflaysiz, ketasiz. Domda özining qorovuli bor, qarab turadi.
Lekin uçastkada uning minuslari bor. Misol uçun, uyda uy hayvonlari bölişi mumkin, kotyol işlab turadi, boşqa sistemalar. Gazonlarni örişingiz kerak, yozda daraxtlarga qaraşingiz kerak. Xullas, mana şunaqa minuslari bor.
- Bobur aka, uyni sotib olayotganda nimaga etibor beriş kerak?
- Uy olişda, albatta, birinçi örinda - lokatsiya. Lokatsiya deganda, misol, sizning yaqinlaringiz öşa mahallada turişi sizga qulayroq böladi. Ota-onangiz yoki oşna-oğaynilaringiz öşa joylarda yaşaşlari. Keyin, avtobus, metrolarga yaqinroq bölişi kerak. Albatta, undan keyin boşqa texnik tomonlarga ham e’tibor beriş kerak. Misol, domning qanday qurilgani. Uni yuzaki körişingiz ham mumkin, misol, qandaydir yoriqlar bölişi mumkin. Buni eng yaxşisi, taniş birorta prorab yoki bölmasa dizayner, arxitektor tanişlar bölsa olib kelib, bemalol maslahatlaşib olsangiz böladi. Ular çuqurroq, içkaridan körib bera oladi.
Mustahkamligiga, birinçi örinda. Undan keyin içki dizaynlarini bemalol, xohlaganingizça qilişingiz mumkin. Kvartirada infrastruktura yaxşiroq böladi, çunki katta köçaga yaqinroq, avtobus bekatlariga yaqin böladi. Uçastkalarda bu masala sal oğirroq, u içkariroqda böladi. Şuni ham hisobga oliş kerak.











