Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etiladigan xizmatlar doirasida jismoniy va yuridik şaxslar özlariga tegişli köçmas mulk hamda avtomototransport vositalarini garovga yoki ipotekaga qöyiş, şuningdek, begonalaştirişga taqiq örnatiş uçun ariza berişi mumkin. Örnatilgan taqiqni bekor qiliş uçun ham portal orqali murojaat yuboriladi.
Fuqarolar öz nomiga rasmiylaştirilgan telefon raqamlari va bank kartalari haqidagi maʼlumotlarni köriş imkoniyatiga ega böladi.
Telefon raqamlari böyiça quyidagi xizmatlar yölga qöyiladi:
- raqamni muayyan muddatga nofaol holatga ötkaziş va qayta faollaştiriş;
- foydalanilmayotgan raqamga xizmat körsatişni töxtatiş uçun ariza yuboriş;
- raqamga ulangan pulli xizmatlar haqida maʼlumot oliş.
Şuningdek, bank kartasini bloklaş yoki yopiş böyiça uni çiqargan bankka - emitentga portal orqali ariza yuboriş mumkin böladi.
Fuqaro nomiga yangi notarial harakat rasmiylaştirilganda, unga Yagona portal orqali avtomatik xabarnoma yuboriladi. Portalda bunday harakatlar hisobi ham yuritiladi.












