Davosda bölib ötadigan Jahon iqtisodiy forumi oldidan 14 yanvar kuni Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) tomonidan e’lon qilingan tadqiqotga köra, sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari ilğor mamlakatlardagi iş örinlarining 60 foiziga ta’sir körsatişi mumkin.

Tadqiqot mualliflarining fikriça, iş joylarining qariyb yarmi sun’iy intellektga salbiy ta’sir körsatadi, qolganlari esa yangi texnologiyalarni joriy etişdan foyda körişi mumkin.

«Sizning işingiz butunlay yöq bölib ketişi mumkin - bu yomon - yoki sun’iy intellekt işingizni yaxşilaşi mumkin, şunda siz haqiqatan ham samaraliroq bölasiz va daromadingiz kötariladi», dedi XVJ boşqaruvçi direktori Kristalina Georgiyeva AFP’ga.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda ta’sir kamroq böladi 

Tadqiqot şuni körsatadiki, rivojlanayotgan iqtisodiyotlar va kam daromadli mamlakatlar orasida sun’iy intellekt ta’sir qilişi mumkin bölgan iş örinlarining uluşi mos ravişda 40 foiz va 26 foizni taşkil qiladi. Garçi bu mehnat bozorlari sun’iy intellektdan kamroq boşlanğiç ta’sirga ega bölsa-da, ular SI va’da qilgan samaradorlik nuqtayi nazaridan potensial pastroq foyda köradi. 

«Biz ayniqsa, past daromadli mamlakatlar sun’iy intellekt beradigan imkoniyatlardan foydalana oliş uçun tezroq harakat qilişiga yordam berişga e’tibor qaratişimiz kerak», dedi Georgiyeva. XVJ rahbari sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanişi «biroz qörqinçli» ekanligini tan oldi, lekin uning sözlariga köra, bu hamma uçun «katta imkoniyatlar»ni oçadi.