Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi 5 ming dollar pora bilan ushlandi
Tergovchi o‘z ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanayotgan shaxsga yengillik qilib berish evaziga pul talab qilib olgan.
Foto: Kun.uz
Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda qo‘lga tushgan. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 8 aprel kuni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 2024 yil 13 fevral kuni Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 90 ming AQSh dollari olayotganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingandi.
U Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi «Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi» AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan jamiyat ta’sischisi M.I.dan unga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berish evaziga vositachi orqali 90 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangandi.
Mavzuga oid
17:59 / 14.12.2025
Surxondaryoda bojxona xodimi, Namanganda kadastr bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
11:12 / 11.12.2025
Toshkentda soliq inspektorlari 10 million so‘m pora olgan paytida ushlandi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
20:51 / 10.12.2025