Tadbir davomida uşbu töğon qurilişida armatura işlatilmagani, quruq tuproq bilan kötarilgani haqida tarqalgan gap-sözlar böyiça savol berildi.

Suv xöjaligi vaziri örinbosari Vohidjon Ahmadjonovning aytişiça, tuproq dambasining özi uning loyihaviy konstruksiyasidan kelib çiqqan holda tuproqli va toşli bölgan.

«Aynan mana şu materiallar (tuproq va toş - tah.) işlatilgan. Töğonning suv çiqaradigan joyi beton hamda armaturadan bölgan, aynan suv çiqaradigan joyi. 

Bunday suv omborlari juda köp. Bunda tuproqning turiga qaraladi. Özbekistonda beton töğonlar ham bor, masalan, Andijon suv ombori, u beton töğoni hisoblanadi. U joy relfi hamda şaroitiga qarab qilinadi. Sirdaryo, Jizzaxga öxşagan hududlarda, nafaqat bizda, balki butun dunyoda ham, xuddi şu kabi tuproqli töğonlar qurib foydalaniladi», - deydi Vohidjon Ahmadjonov.