Energetika böyiça ilmiy tadqiqotçi Sarvar Qurbonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Sardoba fojiasi yuzaga kelişiga sababçi bölgan omillar, tizimli muammolar va mazkur fojiadan çiqariladigan xulosalar haqida söz yuritdi.

– Sardobadagi töğon öpirilişiga uning bunday tipdagi suv omborlariga nisbatan ança qisqa muddatlarda barpo etilgani sabab bölmaganmi?

– Avvalo, bizga şu suv ombori kerak edimi, degan savolga javob topaylik. Har qança yomonlaşimizga qaramay oldingi davrda melioratsiya tizimi böyiça juda qattiq nazorat taşkil qilingan. Şuning hisobiga davlatlararo suv ötişi, xavfsizlik yoki suv tanqisligi kabi muammolar kuzatilmagan. Keyin ittifoq davlatlari mustaqil böla boşlagaç, ular töğon quriş işlarini boşlab yuborgan.

Masalan, Qirğiziston ham «Qambar ota – 1», «Qambar ota – 2» şaklida suv omborlari qurmoqda, buning bilan bizga Norin va Qoradaryodan keladigan suv özanini tösiş, suvni kerak paytda yopib, kerak bölmagan paytda oçib yuboriş kabi holatlar yuzaga kelişi mumkin.

Şuning uçun «Roğun» GESi qurilgandan söng Özbekistonda 2ta suv ombori qurilişi amalga oşirilgan va bularni juda töğri qaror deb bilaman.

Birinçisi, vodiyda Sirdaryodan keladigan suvni töplaş uçun qurilgan, keyingisi esa Sirdaryo viloyatida Tojikistondan ötib oqib keladigan suvni töplab, zarur paytda qöşni davlatlar çiqarayotgan suvni töplaşi uçun qurilgan.

Vodiydagi suv omborida tuproq va texnologik jihatdan taşkil qilingan işlardan xabardorman: qurilişda olimlar va mutaxassislar iştirok etgan.

Biroq «Sardoba» suv ombori bilan yetarli darajada taniş emas edim. Mutaxassislar bilan gaplaşganimda, ular qurilişga köp mablağ sarflanganini ombor qurilişi jarayonida joyni qayta tayyorlaş uçun tuproq almaştirilgani bilan izohlaş mumkinligini aytişmoqda. Çunki «Sardoba» suv ombori deyarli tuproq bilan quriladigan sodda suv omborlari turiga kiradi.

Loyiha böyiça tuproq ziçligi, uning qanday tuproq ekani laboratoriyadan ötkazilib, suv kelganda qay darajada nam bölişi va suv ötkazişi yoki struktura buzilişiga qadar örganiladi. Natija asosida tuproq bosqiçma-bosqiç kötarilib boriladi. Har bir kötarilganda tuproq bilan boğliq sinovlar ötkazib boriladi va maxsus sensorlar örnatiladi.