Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida röy bergan texnogen fojiadan jabr körgan va uylari buzilgan aholiga köp qavatli uylardagi xonadonlar qur'a taşlaş orqali taqsimlanadi. Mahalla vaziri Rahmat Mamatov şu haqda ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, köp qavatli uylarning birinçi va ikkinçi qavatlari nogironligi bor va keksa kişilarga taqdim etiladi. Vazir xonadonlarni taqsimlaşda şaffoflik va adolat mezoniga katta e'tibor qaratilişini bildirdi.
«Birinçi va ikkinçi qavatlar nogironlarga tarqatilgaç, qolgan xonadonlarni tarqatişda adolat bölişi uçun qutiça yasalgan. Unda xonadonlar raqamlari böladi. Fuqaro raqamni oladi, röyxatga imzo qöyadi va öşa raqamli xonadon uniki ekanligi rasmiylaştiriladi. Bularnig barçasi videotasvirga olinadi», – deydi Rahmat Mamatov.
Bugungi kunda, 3 mavzeda 2640ta xonadon qurib bitkazilgan. Mazkur hududda istiqomat qilib, uylari talafot körgan fuqarolarning hujjatlari esa, yaşil va qizil yiğma jildlarga bölingan. Yaşil jilddagi fuqarolar xonadonlarni taqsimlaş qur'a taşlaş jarayonida iştirok eta oladi.


Qizil yiğma jilddagi fuqarolarning hujjatlaridagi kamçiliklar bartaraf etilgaç, yaşil yiğma jildga aylanadi va xonadonlar taqsimlanadi.
Vazir Mamatov, Kun.uz muxbirining uylarni taqsimlaşda mahalliy nodavlat notijorat taşkilotlar iştirokiga doir savoliga javob berar ekan, bu kabi taşkilotlar jarayonga jalb qilinmaganini bildirdi.
Bundan taşqari, «fojiagaça 170dan ortiq 1 va 2 xonali uylarda yaşagan oilalar qur'a taşlaşda iştirok etmaydi, çunki bunda ularga 3 xonali uylar töğri kelib qolişi ehtimoli bor, bu esa adolat mezoni buzilişiga olib keladi», deya ta'kidladi vazir.























