Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari Ölmasjon Mamadaminov «Sardoba» suv omborining buzilişidan jabr körganlarga körsatilgan kömak yuzasidan hisobot berdi.
Uning aytişiça, suv toşqinidan zarar körgan Sardoba tumanida 1480 xonadonli 37 ta, Mirzaobod tumanida 360 xonadonli 9 ta, Oqoltin tumanida 800 xonadonli 40 ta uy qurilgan va bu uylarning umumiy qiymati 855,4 mlrd sömni taşkil etgan.
Mazkur yangi qurilgan köp kvartirali uylar uçun sardobalik 1 834 ta, oqoltinlik 832 ta va mirzaobodlik 634 ta – jami 3300 ta oila hujjat topşirgan. Örganişlar asosida şundan 2577 ta oilaga xonadonlar ajratilgan.
«Toşqindan qisman zarar körgan oilalar uçun ularning har biriga 40 mln sömdan kompensatsiya puli berildi», – dedi Ölmasjon Mamadaminov 28 yanvar kungi brifingda.
Uning qayd etişiça, uy sörab murojaat qilingan 724 ta hujjat deputatlar tomonidan rad etilgan.

«Sababi, bularning 187 tasining yaşaydigan uyi bölgan, 232 ta xonadonga tegişli uylar Quriliş nazorat inspeksiyasi tomonidan yaroqli deb topilgan, 4 ta xonadon noturar joy bölgan, 3 ta xonadon quriliş qiliş mumkin bölmagan joyda qurilgan, 298 ta xonadon qurilişi yakunlanmagan (faqat poydevori bölgan yoki 2–3 qator ğişt kötarilgan), kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun qurilgan vaqtinçalik uylar (vremyanka) ekani aniqlangan.
Men oçiq-oşkora ayta olaman, mana şu Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlarida suv toşqinidan zarar körib, köçada qolgan fuqaromiz qolmadi», – deya bayonot berdi viloyat hokimi örinbosari.
Uning qöşimça qilişiça, toşqindan avval ham uy-joyi bölmagan oilalar uçun Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida jami 60 ta 1 xonalik yotoqxonalarda ta'mirlaş işlari yakunlanib, hozirda 59 ta oila uşbu yotoqxonalarga joylaştirilgan.
















