Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sardoba suv omboridan suv çiqişi böyiça qöşimça ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinişiça, Jizzax viloyatining Döstlik, Paxtakor, Zarbdor va Mirzaçöl tumanlarida taşkil etilgan maxsus ştablar tomonidan maktab, kollej, xususiy korxonalar va aholi xonadonlariga fuqarolarni joylaştiriş çoralari körilmoqda.
Şuningdek, Mirzaobod tumanidagi «Navbahor», «Haqiqat» va «Bahoriston» MFYlari aholi yaşaş punktlariga qisman suv kirgan. Aholi uşbu tumandagi kasb-hunar kolleji, Safarbarlik çaqiruv rezervi böyiça harbiy qism va kasalxonaga evakuatsiya qilindi.
Evakuatsiya tadbirlari Jizzax viloyatiga ham taşkillaştirildi. Xususan, Oqoltin tumanidagi «Ahillik», «Şodlik», «Saxovat», «Navoiy», «Döstlik», «Körkamdiyor», «Toşkent», «Yangihayot», «Obod» va «Mustahkam» MFYlar aholisi Jizzax viloyati Gagarin şaharçasiga vaqtinçalik köçirildi. Unda aholi uçun 6000 dona niqob, 80 dona antiseptik vosita, 200 juft bir martalik qölqoplar va boşqa tibbiyot vositalari tarqatildi.
Bundan taşqari, Sardoba şaharçasidagi aholini ham Jizzax viloyati Gagarin aholi yaşaş punktiga evakuatsiya qiliş işlari olib borilmoqda.
Mirzaobod tumanidagi «Beruniy», «Paxtaobod», «Baliqçi», «Haqiqat», «Bahoriston», «Yangiovul» va «Döngariq» MFYlar aholisi suv toşiş xavfi bölgani uçun Yangiyer şahriga evakuatsiya qilinmoqda.
Toşqin oqibatlarini bartaraf etiş uçun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan ötuvçi Abay kanaliga tuşirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy köliga yönaltirilgan.
Hozirda dambadan suv çiqişi kamaygan.
Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş işlari davom ettirilmoqda.
- Eslatib ötamiz, bugun, 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylaşgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv çiqişi yuzaga keldi. Natijada Sardoba tumani Qörğontepa aholi yaşaş punktiga suv kirgan edi.
- Mazkur vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş, evakuatsiya tadbirlarini taşkillaştiriş böyiça amalga oşirilgan işlar bilan yaqindan tanişiş maqsadida, voqea joyiga Özbekiston Respublikasi prezidenti yetib borgan.


















