Oliy öquv yurtlarida ta’lim jarayonining xususiyatlari, şuningdek, universitetlarning jamiyat va iqtisodiyotdagi ahamiyati jadal özgarib bormoqda. Butun dunyoda universitetlar talabalar, öqituvçilar va moliyaviy mablağlarni jalb qilişda bir-biri bilan raqobatlaşmoqda. Bunday raqobatda zamon bilan hamnafas va yangi raqamli imkoniyatlardan foydalanuvçi oliy öquv yurtlari boşqalarga nisbatan ustunlikka ega bölib bormoqda.
Raqamlaştiriş ta’lim va boşqaruv uçun yangi imkoniyatlar yaratib, ma’lumotlar yiğiş va tahlil qiliş, özaro hamkorlik va muloqot qilişni osonlaştirdi. Raqamlaştirişning afzalliklari samaradorlikni oşiriş, talabalar faolligini oşiriş, şaxsga qaratilgan ta’lim va yangi öqitiş usullaridan foydalanişni öz içiga oladi. Bundan taşqari, raqamlaştiriş universitetlarni, öquv dasturlarini, professor-öqituvçilarni, xodimlarni va resurslarni boşqarişni osonlaştiradi.
Raqamlaştirişning asosiy afzalliklaridan biri bu talabalarning faolligini oşiriş imkoniyatlaridir. Onlayn ta’lim platformalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar kabi raqamli vositalardan foydalangan holda universitetlar öquvçilarni motivatsiya va yölda uşlab turadigan interaktiv hamda qiziqarli ta’lim tajribalarini yaratişi mumkin. Şuningdek, raqamlaştiriş universitetlarga öyin va virtual haqiqat kabi yangi öqitiş usullaridan foydalaniş imkonini beradi. Bu usullardan talabalarga murakkab tuşunçalar va nazariyalarni tuşunişni osonlaştiradigan interaktiv ta’lim tajribasini yaratiş uçun foydalaniş mumkin.
Talabalarning özlaştiriş körsatkiçlarini oşiriş, ularda zarur kompetensiyalarni şakllantiriş orqali işga joylaşiş körsatkiçlarini köpaytiriş hamda turli vositalar orqali ma’lumotlarni yetkaziş va tuşuntiriş usullarini qöllagan universitetlar nufuzi oşişi hamda ularda mazkur imkoniyatlar orqali qöşimça foyda olişi uçun şart-şaroitlar yaratilişi orqali boşqalarga nisabatan ustunlik şakllanadi.
Mazkur yönalişda Toşkent davlat yuridik universitetida ham bir qator yutuqlarga erişilganlikni körsatib ötiş mumkin. Xususan, mamlakatimiz prezidentining 2020 yil 29 aprelda “Özbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonida yuridik ta’lim va fanni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlari belgilanib, ular qatorida «Elektron universitet» (E-University) tizimini joriy etgan holda oçiq, şaffof, sub’yektivlik va suiiste’molçiliklardan xoli bölgan ta’lim muhitini yaratiş vazifasi körsatilgan. Şunga asosan, Toşkent davlat yuridik universitetida tizimli işlar amalga oşirilib, bir qator elektron tizimlar işlab çiqildi va joriy etildi. Jumladan, talabalar uçun har qanday masala yuzasidan elektron murojaat qiliş imkoniyati yaratildi hamda yagona darça tamoyili asosida faoliyat yurituvçi maxsus Talabalarga xizmat körsatiş markazi joriy etildi, bitiruv malakaviy işlari va magistrlik dissertatsiyalari hamda ilmiy rahbarlarni tanlaş elektron tizimi yaratildi, tölov-şartnomasini elektoron ravişda oliş hamda tölovlar böyiça qarzdorlikni onlayn nazorat qilib boriş mexanizmi işga tuşirildi.







