Taniqli yozuvçi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Asad Dilmurod vafot etdi. Bu haqdagi ma'lumotni Özbekiston yozuvçilar uyuşmasidagi manba Kun.uzʼga tasdiqladi.

Ma'lum bölişiça, Asad Dilmurod oğir xastalikdan söng hayotdan köz yumgan.

Asad Dilmurod 1947 yil 20 iyulda Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Qoratepa qişloğida tuğilgan. Toşkent davlat universitetining (hozirgi ÖzMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan (1971). Ilk hikoyalar töplami — “Osmonning bir parçasi” (1978). “Toş burgut” (1979), “Sirli zina” (1980), “Şerdor” (1986), “Mulk” va “Girih” (1989), “Toğlar, sukut saqlamang” (1987), “Oq ajdar sayyorasi” (2000), “Mezon burji” (2007) qissalari, “Afrosiyob sukunati” (1983), “Köçki” (1991) kabi kitoblari naşr etilgan. “Mahmud Torobiy” (1998), “Fano daştidagi quş” (2001), “Pahlavon Muhammad” (2006) singari romanlar muallifi.

Asad Dilmurod köp yillar davomida “Şarq yulduzi” jurnalining nasr bölimini boşqargan, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Nasr kengaşida faoliyat olib borgan edi.

Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari, yaqinlari va şogirdlariga çuqur ta'ziya izhor etadi.