18 yoşli Jahongir Xalimov maktab davridayoq moliya va buxgalteriya hisobiga qiziqib, xalqaro ACCA dasturi böyiça bilim olişni boşlagan. U ACCA’ning sakkizta imtihonidan muvaffaqiyatli ötgan, şuningdek, xalqaro moliya sertifikati, IELTS, SAT va uçta milliy sertifikatni qölga kiritgan. Uşbu natijalar unga London universitetida (University of London) professional buxgalteriya hisobi yönalişida tahsil oliş imkonini berdi. Al-Jabr maktabi esa bitiruv kunida Jahongirga erişgan natijalari uçun avtomobil sovğa qildi.

“Boşida öqiş qiyin bölgan”

Jahongir Al-Jabr maktabida 9-sinfdan 11-sinfgaça, uç yil davomida tahsil olgan. Uning aytişiça, maktabni tanlaşda ota-onasi muhim rol öynagan. Ular maktab haqida Instagram orqali bilib, farzandini şu yerda öqitişga qaror qilgan.

“Al-Jabr maktabiga kelganimda boşida biroz qiynalganman. Çunki darslar köp edi, ertalab soat 9 dan keçki 6 gaça maktabda bölardik. Lekin ustozlarim darslarni qiziqarli ötişi sabab asta-sekin örganib ketdim”, – deydi Jahongir.

Uning fikriça, yaxşi natijalarga erişişda şaxsiy intiliş bilan bir qatorda atrofdagi muhit ham muhim. Bir maqsad sari harakat qilayotgan, bilim olişga qiziqadigan tengdoşlar bilan birga öqiş unda ham öz ustida işlaş istagini kuçaytirgan.

Image

Sakkizta ACCA imtihoni va xalqaro universitet

Jahongirning sertifikatlaridan sakkiztasi professional buxgalteriya va moliya sohasi böyiça malaka dasturi hisoblangan ACCA’ga tegişli. Bundan taşqari, u xalqaro moliya sertifikati, IELTS va SAT natijalari, şuningdek, matematika, ona tili hamda buxgalteriya yönalişlaridagi milliy sertifikatlarga ega.

ACCA dasturi moliyaviy hisob, hisobot tayyorlaş, audit, soliqqa tortiş va moliyaviy boşqaruv kabi yönalişlarni qamrab oladi. Respondentning aytişiça, dastlabki imtihonga tayyorlaniş biroz qiyin keçgan. Maktabdagi ustozlarining qöşimça maşğulotlari va yordami unga uşbu bosqiçdan ötişda kömaklaşgan.

“Birinçi sertifikatni oliş oson bölmadi. Darslardan keyin ham köp tayyorlanişimga töğri kelardi. Ustozlarimiz dars tugagaç qolib, bizga qöşimça maşğulot ötişar, tuşunmagan mavzularimizni qayta tuşuntirişardi. Birinçi sertifikatni qölga kiritiş uçun ança harakat qildim. Keyinçalik imtihonlardan ötiş tartibini örganib, samaraliroq natijalarga erişdim”,