Şu yilning 20 dekabr kuni Xalqaro havaskor boksçilar uyuşmasi (AIBA) yilning eng zör boksçisi taqdimot marosimini ötkazadi.

Ayni paytda uşbu nomga da'vogar boksçini aniqlaş uçun ovoz beriş jarayoni keçmoqda.

“Yilning eng zör boksçisi” nominatsiyasida 3 nafar boksçi nomi qöyilgan: Ğoliblikka XXXI yozgi Olimpiya öyinlari çempionlari özbekistonlik Hasanboy Dösmatov, kubalik Robeysi Ramires va qozoğistonlik Daniyar Yeleussinov da'vogarlik qilmoqda.

Ayni vaqtda Özbekiston vakili 56 foiz bilan birinçi, Qozoğiston va Kuba vakillari esa 33 va 11 foiz bilan ikkinçi va uçinçi bölib turibdi.

Tvitter foydalanuvçilari taşkilotning tvitterdagi sahifasi orqali uşbu sörovnomada iştirok etiş mumkin.