Özbekiston prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov jurnalistlar uçun brifing ötkazdi. Brifing prezidentning Sirdaryo viloyati faollari yiğilişida ijtimoiy soha xodimlarining obodonlaştiriş işlariga jalb etilayotgani, ayrim joylarda közböyamaçilikka yöl qöyilayotgani böyiça bildirgan tanqidiy fikrlaridan söng körilayotgan çoralar haqida böldi.

«Prezident bunday holatlar yana qaytarilmasligi uçun huquqiy mexanizmlar yaratiş böyiça topşiriqlar berdi. Topşiriqqa köra, aholini, ayniqsa, Soğliqni saqlaş va ta'lim sohasi xodimlari va talabalarini obodonlaştiriş işlariga jalb etişni qat'iy taqiqlaş böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori işlab çiqariladi.

Uşbu qarorda joylardagi obodonlaştiriş xizmatlari faoliyatini kengaytiriş, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça çora-tadbirlar aks etadi.

Bunda xorijiy davlatlarning bu boradagi tajribasi inobatga olinadi. Fuqarolarni jamoat işlariga majburlaş holatlari şundan keyin ham kuzatilsa, prezident ta'kidlaganidek, jazo qattiq böladi. Jumladan, jinoiy javobgarlikkaça bölgan çoralar köriladi.

Şavkat Mirziyoyev Boş prokuratura oldiga ham bir qator vazifalar qöydi. Samarqandlik öqituvçi Diana Yenikeyevaning bevaqt ölimiga sababçi bölgan mansabdor şaxslarni yuridik javobgarlikka tortiş böyiça topşiriqlar berdi.

Hozirda bu hodisa böyiça örganiş işlari davom etmoqda.

Prezident öz nutqida joylardagi közböyamaçilik holatlaridan ham qattiq norozilik bildirdi. Xöjakörsinga qilingan işlar yuzasidan prokurorlik tekşiruvi ötkaziş böyiça körsatma berdi.

Jumladan, Qaşqadaryoda yöl yoqalarida yasalgan soxta issiqxonalar, Jizzaxdagi tibbiyot muassasida eski uskunalar örnatilgani, mijozlarni onlayn röyxatga oliş dasturi yaroqsizligi holatlari tekşiriladi.

Prezident yana şunday közböyamaçilik holatlariga yöl qöymaslik maqsadida doimiy va qat'iy nazorat örnatiş zarurligini ta'kidladi. Közböyamaçilikka uringan yoki buning oldini olmagan rahbarlar qattiq jazolanadi.

Viloyatlarga taşriflar [Prezidentning] çoğida körsatilgan, jumladan, bank rahbarlari tomonidan taqdim etilgan loyihalarni çuqur va tahliliy inventarizatsiyadan ötkaziş, kamçiliklar aniqlangudek bölsa, keskin çoralar köriş böyiça topşiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari bergan topşiriqlar ijrosi, aybdorlarning jazolangani haqida OAVda, jumladan, Boş prokuratura huzuridagi mediamarkaz tomonidan xabarlar berib boriladi», deya sözlarini yakunladi Komil Allamjonov.