Har qanday marketologning muhim vazifasi – köproq sotiş. Bu mahsulot sizga haqiqatan ham zarur bölişi – fakt emas. Bugun bizni xarid qilişga undaş uçun marketologlar ongimizning öziga xos jihatlaridan qanday foydalanişlari haqida hikoya qilamiz.

Foto: KitKat

Ranglar

Boşqa jonzotlarga qaraganda köproq ranglarni ajrata olamiz. Tasvir yoki buyum qançalik yorqin bölsa, uni sezişimizning imkoniyati ortadi. Marketologlar ham yorqin öram, yozuv va reklama bilbordlarini yaratib, aynan şundan foydalanişadi.

Foto: McDonald’s

Tuşunçalarni özgartiriş

Tasavvur qiling, umr böyi M ölçamidagi kiyimlarni kiygansiz. Dökonga keldingiz, ustingizdagi kiyim osilib turibdi. Albatta, miyaga keladigan ilk fikr bu siz – vazn taşladingiz. Biroq bu doim şunday emas. Işlab çiqaruvçi va marketolog ayollarning abadiy istagi – ozğinroq va yaxşiroq bölişni yaxşi tuşunadilar. Ular ölçam tizimini özgartiradilar. Natijada, siz ölçami kiçikroq buyumni sotib olasiz. Ongingiz esa bu dökon bilan boğliq yoqimli xotiralarni eslab qoladi.

Bu fastfudga ham tegişli. Kiçik fri kartoşkasi bugun va 10 yil ilgari – bu butkul boşqa-boşqa narsalarekaniga hayron qolasiz. Hozir porsiya va uning narxi ança katta. Kiçik kartoşkani olişga örgangan odamlar buni sezişlari dargumon. Axir daromad ösmoqda…

Foto: Depositphotos

Nazarni kuzatiş

Insonning nazari deyarli har doim bir xil trayektoriya böylab harakatlanadi. Bundan taşqari, öz-özidan diqqatimizni tortadigan narsalar bor: közlar, bolalar va hayvonlar. Reklama yaratganda va dökonlarda mahsulotlarni joylaştirganda marketologlar ham aynan öşa narsalardan foydalanadi.