Özbekistonda reklama sohasidagi ayrim munosabatlar iste’molçilar manfaatida tartibga solinmoqda.
15 iyul kuni imzolangan prezident qaroriga asosan, fuqarolarning reklama qönğiroqlari va xabarnomalariga oid huquqlari himoyasini kuçaytiriş maqsadida 2026 yil 1 noyabrdan boşlab:
mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnomalar yöli bilan tovar (iş, xizmat)larni taklif (reklama) qiluvçi har qanday yuridik va jismoniy şaxslar faqat şaxsning yozma yoki elektron roziligini olgandan söng uşbu harakatlarni (reklamani) amalga oşiradi;
mobil aloqa vositalariga reklama qönğiroqlari va SMS-xabarnomalarni jönatiş xizmatini körsatuvçi yuridik şaxslar özlarining axborot tizimlarini Şaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazgandan keyin tegişli xizmatlarni körsatişiga yöl qöyiladi;
reklama qönğiroqlari va xabarnomalarini telekommunikatsiya tarmoqlari (mobil aloqa) orqali soat 18:00 dan 09:00 gaça tarqatiş taqiqlanadi;
mobil aloqa operatorlariga özlari tomonidan tarqatiladigan reklama qönğiroqlari va xabarnomalarini abonent söroviga köra töliq yoki qisman bloklaş majburiyati yuklatiladi.
Yuqorida sanab ötilgan talablarga rioya etmaslik reklama hamda şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonunçilikni buziş hisoblanadi va tegişli çoralar köriş uçun asos böladi.
Nasiya savdo reklamasiga talab
Qaror bilan, jismoniy şaxslarga möljallangan kredit, muddatli tölov, nasiya savdoga oid har qanday reklamada tovarning (işning, xizmatning) joriy qiymatiga nisbatan qança summa qöşib tölanişi kerakligi, yakuniy qiymati qança bölişi xususidagi ma’lumotlar bölişi şartligi belgilanmoqda.
Moliyaviy xizmatlar reklamasi yoki ular haqidagi reklama tarzidagi axborot, agar tegişli şartnoma tuzilayotgan paytda aniqlaş mumkin bölmasa, reklama qilinayotgan xizmatlarning












