Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi tug‘uruqxonada o‘nlab chaqaloqlar o‘ldirilgani aniqlandi
"Huquq" gazetasining 14 iyundagi sonida xabar berilishicha, Samarqandda sun'iy abort yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan N.S. boshqaruvidagi tug‘uruqxona aniqlangan, deb yozmoqda Uznews.
Shifoxona boshqaruvi xodimlari tirik tug‘ilgan chaqaloqlarni soxta hujjat bilan 500 AQSh dollaridan 2000 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda farzandsiz oilalarga pullashgan.
Sotilmay qolgan go‘daklar qarovsiz qoldirilib, nobud qilingan. Kichkintoylarning jonsiz tanalari esa tibbiy chiqindilarni yoqishga mo‘ljallangan mufel pechida yoqib yuborilgan.
Mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning fevral oyi oxirida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudining binosida shifoxona ma'muriyati hamda xodimlariga hukm o‘qilib, shifoxonaning bosh shifokori N.S. 13 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.
Bundan tashqari, ozodlikdan mahrum etilish ko‘rinishidagi jazo tug‘uruqxonaning boshqa xodimlariga nisbatan ham qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026