Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Siemens Toshkentda elektr energiyasi va bug‘ ishlab chiqaradigan elektr stansiyasini quradi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Siemens, EDF va Stone City Energy kompaniyalarining vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.
O‘zaro muloqot davomida Jahongir Ortiqxo‘jayev Siemens kompaniyasi bilan bahorda imzolangan hamkorlik memorandumini esga olib, erishilgan kelishuvlar doirasida taraflarning aniq amaliy ishlarni boshlashga tayyorligini yana bir bora bildirgan.
Siemens kompaniyasi vitse-prezidenti Aman Karimning tashrifidan maqsad – elektr va issiqlik quvvatini ishlab chiqaruvchi yangi stansiyani qurish loyihasi hamda uni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadigan kompaniyalar bilan tanishtirishdan iborat, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, taklif qilingan loyiha samaradorligi yuqori, foydali harakat koeffitsiyenti baland bo‘lgan kombinatsiyali stansiya qurishni ko‘zda tutadi. U bir vaqtning o‘zida ham elektroenergiyani, ham kelgusida poytaxt issiqlik ta'minoti uchun qo‘llaniladigan bug‘ni ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, uskunalarning yuqori samaradorligi va yo‘qotishlar pasayishi hisobiga zararga ishlashga olib keladigan xarajatlardan voz kechiladi.
Aman Karimning ma'lum qilishicha, xuddi shunday stansiya 2020 yil oxirida Berlinda ishga tushirilgan. U hokimlik va mutasaddi tashkilotlar vakillarini Germaniya poytaxtiga tashrif buyurib, amalga oshirilgan loyiha haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishga va tajriba almashishga taklif qildi.

Uchrashuv yakunida shahar ma'muriyatining ushbu loyihani amalga oshirishga tayyorligi ma'lum qilindi va jarayonni tezlashtirish har jihatdan foydali bo‘lishi ta'kidlab o‘tildi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026