Şavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni ötkazgan videoselektor yiğilişida poytaxtdagi drenaj tizimi yoğingarçilik davrida aholi e’tiroziga sabab bölayotganini ta’kidladi.
Şu munosabat şahar hokimligi oldiga drenaj tizimidagi eng muammoli nuqtalarda quriliş işlarini yakunlaş hamda 1 sentabrga qadar poytaxt drenaj tizimi master-rejasini işlab çiqiş vazifasi qöyildi.
Ötgan yilda temir yölda vagonlar parkini yangilaş va yuk taşiş hajmini oşiriş böyiça sezilarli natijaga erişilmagani körsatib ötildi.

«Özbekiston temiryöllari»ga vagon işlab çiqarişni modernizatsiya qilişga ajratilgan mablağlardan unumli foydalanib, 1,5 mingta yuk va yölovçi vagonlari işlab çiqarişi zarurligi körsatib ötildi.
«Qöqon», «Samarqand», «Toşkent» vokzallari, «Andijon» va «Urganç» aeroportlari boşqaruvini xususiy sektorga beriş masalasini örganiş topşirildi. Şahrisabz, Sariosiyo va Qöqon aerodromlarida ta’mirlaş işlarini yakunlab, mahalliy aviataşuvlarni yölga qöyiş vazifasi qöyildi.








