Barcha xususiy bandlik agentliklarini tugatish bo‘yicha prezidentga taklif kiritiladi – Bosh vazir
O‘zbekistondagi barcha xususiy bandliklarini tugatish bo‘yicha davlat rahbariga taklif kiritiladi. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov ma'lum qildi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov «Human» xususiy bandlik agentligidan jabrlangan fuqarolar bilan uchrashdi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, hukumat rahbari bundan keyin tashqi mehnat migratsiyasi bilan faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shug‘ullanishi maqsadga muvofiqligini qayd etib o‘tgan.
Bosh vazir shuningdek, prezident topshirig‘i bilan «Human» XBAdan zarar ko‘rgan 1080 nafar fuqaro mablag‘lari to‘lab berilishini ma'lum qilgan.
Mablag‘lar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi maxsus jamg‘armadan qoplanadi, keyinchalik bu pullarni agentlikdan undirish choralari ko‘riladi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga 2018 yil kuzidan boshlab ruxsat berilgan edi. Shundan keyin o‘tgan bir yil davomida 66ta XBAga fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berilgan.
Hozirda bir nechta XBA ustidan jinoyat ishi ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun kunning birinchi yarmida «Human» xususiy bandlik agentligi faoliyatidan jabr chekkan 50dan ortiq kishi Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoni yonida to‘planib, pullarini qaytarishni talab qilishgandi. Voqea joyida aholi vakillari bilan muzokara o‘tkazgan rasmiylar hukumat rahbarlari bilan uchrashuv belgilashgandi.
Mavzuga oid
08:11 / 19.12.2024
Abdulla Aripov Odilbek Qosimaliyevni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tasdiqlangani bilan tabrikladi
07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
16:00 / 23.11.2024