Karmanadagi uyda yuzaga kelgan holatga bazalt qoplamasi suvga bo‘kishi sabab bo‘lgan
Shu kunning o‘zida sifatsiz holga kelgan fasad qismini qayta tiklash ishlari olib borilgan.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Navoiy viloyati Karmana tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining suvog‘i ko‘chib tushgani haqidagi xabar yuzasidan izoh berdi.
Postda keltirilgan obekt Navoiy viloyati Karmana tumani «Yangi O‘zbekiston» massivi hududida «ALISHER QURUVCHI SERVIS» korxonasi tomonidan qurilgan bo‘lib, obekt 2023 yilning 12 mayida foydalanishga qabul qilingan.
Holat yuzasidan Navoiy viloyat Qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va quyidagilar aniqlangan:
- pudratchi tashkilot – «ALISHER QURUVCHI SERVIS» XK tomonidan loyiha talablarida ko‘rsatilgan energiya tejovchi parametrlarni hisobga olgan holda turar joy obektining tashqi devorlariga harorat saqlovchi bazalt qoplamasi montaj qilingan. Qoplama ustki qismidan qurilish to‘ri bilan asosga mahkamlanib, suvoqlash va pardozlash ishlari bajarilgan;
- kuchli yog‘ingarchilik davrida bino yon tomoni, ya’ni 5- va 4-qavat oralig‘ida bazalt qoplamasi orasiga yomg‘ir suvlari doimiy kirib turishi natijasida qoplama ko‘p miqdorda suv massasiga to‘yingan. Natijada bazalt og‘irligi oshib ketib, yaxlit asosga mahkamlangan qurilish to‘ri bilan birga bazalt plitalar ajralib tushgan.
«Holat yuzasidan shu kunning o‘zida pudrat tashkiloti tomonidan sifatsiz holga kelgan fasad qismini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda II jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 20:45
-
Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi
O‘zbekiston | 20:39
-
Prezident Urganch shahrida jamoat transporti faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston | 20:33
-
«Mutlaq xaos». Kamala Harris saylovdagi mag‘lubiyatidan keyingi ilk nutqida Trampni tanqid qildi
Jahon | 20:08
Mavzuga oid

14:02 / 04.03.2025
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi

12:28 / 26.12.2024
Navoiyda 2,5 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ota “dacha”dan topildi

11:02 / 19.12.2024
Navoiyda bir maktabdan ketma-ket uch o‘quvchi vafot etdi

16:34 / 12.10.2024