Xalilillo Töraxöjayev faoliyatini sud tizimida davom ettiradi. Kun.uz muxbiri xabar berişiça, uning nomzodi Oliy sud raisi örinbosari – Fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'ati raisligiga körib çiqilmoqda.
- Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasining «Sudlar töğrisida»gi Qonuniga köra, Oliy sud raisi örinbosarlari Prezident taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi.
Xalilillo Sobirjonoviç Töraxöjayev 1972 yil 21 yanvarda Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, huquqşunos, 1-darajali adliya maslahatçisi.
U 1997 yil Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1991 yilda Toşkent şahar Hamza tumani sudining kureri lavozimida işlaşdan boşlagan.
1992-2008 yillar Özbekiston Respublikasi sud tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
2008-2014 yillarda Özbekiston Respublikasi prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça davlat maslahatçisi xizmatining adliya va sud idoralari faoliyati masalalari böyiça yetakçi inspektori, Sud tizimi faoliyati masalalari böyiça yetakçi inspektori, 2014-2017 yillarda Fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar sudining raisi, 2017 yil 12 apreldan 12 dekabr kuniga qadar Özbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati davlat maslahatçisining örinbosari, birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan.
Xalilillo Töraxöjayev 2017 yildan 2020 yilgaça Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida işlagan.
U 2020 yil iyunda Özbekiston prezidentining farmoni bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasining raisi lavozimiga tayinlangandi.








