Bugun, 18 avgust kuni taxminan soat 14:30 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududida joylaşgan avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasida portlaş sodir böldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, Xorazm viloyati Boğot tumanidagi avtomaktabga tegişli bölgan “Isuzu” rusumli avtobus metan gaz töldirib çiqqan vaqtda unga örnatilgan gaz balonlari birida portlaş sodir bölgan.  

Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisa oqibatida 6 kişi voqea joyida vafot etgan va 15 kişi tan jarohati olgan. 

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati boşçiligida işçi guruh yetib borgan. 

Voqea joyida viloyat hamda tuman FVB, IIV, SSV rahbariyati, prokuratura xodimlari holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.