Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi va tizimli muammolar - Sardor Umurzakov bilan suhbat
O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov OAV vakillari savollariga javob berdi.
Bu kabi uchrashuvlar yetakchi rahbarlar bilan suhbatlarning o‘ziga xos yangi formati sifatida taqdim etilmoqda. Bu orqali davlat va jamiyat hayotidagi eng muhim masalalarga oydinlik kiritilishi ma'lum qilindi.
Ayni kunlarda davlat rahbarining tadbirkorlar bilan muloqotiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish shtabi rahbari Sardor Umurzakovning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorlar murojaatlarining 80 foizidan ortig‘i qanoatlantirib bo‘lingan.
“Murojaatlarning taxminan 10 foizi tizimli masalalarga qaratilgan va aynan mana shunday murojaatlarga jiddiy e'tibor qaratiladi. Lekin prezidentimiz bir narsani ko‘p ta'kidlaydilar: “Har qanday individual murojaat ortida tizimli muammolar turadi”, – deydi Sardor Umurzakov.
Vazirning Kun.uz va Uz24.uz saytlari hamda Davletov Telegram-kanali vakillari bilan uchrashuvida rejalashtirilayotgan tadbir, tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan masalalar, Jahon savdo tashkilotiga a'zolik va yana bir nechta mavzularda so‘z bordi.
Suhbatni to‘liq shaklda yuqoridagi videoda tomosha qiling.
Mavzuga oid
14:00 / 18.02.2022
“Qizil”ga tushgan tadbirkorlarning birja savdolaridagi ishtiroki cheklanishi mumkin, SSP bunga qarshi
18:59 / 14.02.2022
Jizzaxda investitsiya majburiyatini bajargan yosh tadbirkor «GASN» qarshiligiga uchradi
10:47 / 12.02.2022
“Meni eshak o‘g‘risi deyishadi” - bir savdogar hikoyasi
15:29 / 09.02.2022