9-avgust kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumani «Paxtakor» MFY hududida dahşatli avariya röy berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda M-34 avtomobil yölining Toşkent-Yangiyer yönalişida töqnaşuv oqibatida kuçli yonğin röy bergani aks etgan.
Kun.uz manbasi ma’lum qilişiça, Xitoy fuqarosi, Mirzaobod tumanidagi xususiy kompaniya haydovçisi boşqaruvidagi SHACMAN rusumli yuk maşinasi yölning ikkinçi bölagidan ortga qayrilmoqçi bölgan. Lekin birinçi bölakda kelayotgan «Kaptiva»ni ötkazib yubormasdan burilgan va töqnaşuv sodir bölgan.
Töqnaşuvdan keyin «Kaptiva» darhol yonib ketgan, voqea joyiga öt öçiruvçilar çaqirilgan.
Hodisa oqibatida yengil maşinada bölgan uç kişi – haydovçi va ikki yölovçi voqea joyida halok bölişgan.
Yuk maşinasi haydovçisining holati ma’lum emas.
Hozirda holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odamlar ölimiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












