Davlat bojxona qömitasining qarori bilan Bojxona yuk deklaratsiyasini töldiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga tuzatişlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Şu yilning 1 iyulidan joriy etilayotgan asosiy özgartirişlar qayd etib ötiladi.
 
Birinçidan, deklarant bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan BYuDni töldirişi va öz nomidan, ş.j. Internet orqali elektron şaklda, real vaqt rejimida bojxona organlariga taqdim etişi mumkin.  
 
Ikkinçidan, elektron şakldagi BYuD töğri töldirilganligini dastlabki tekşiriş tartibi belgilandi. Uni DBQning Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi dastlabki mantiqiy nazorat vositasida amalga oşiradi.
 
Kamçiliklar aniqlansa, tizim real vaqt rejimida bu haqda deklaratsiyalovçi şaxsga aniqlangan kamçiliklar körsatilgan elektron xabarnoma yuboradi. 
 
Tekşiruv ijobiy natija bersa, BYuD onlayn-röyxatdan ötkaziş yöli bilan rasmiylaştiriş uçun qabul qilinadi. 

Uçinçidan, endi BYuD raqami uçta (ilgari – törtta) elementdan taşkil topadi. Mutaxassisning malaka attestati berilgan yil va uning raqami örniga deklaratsiyalovçi şaxsning STIRi körsatiladi.

Törtinçidan, yangi tahrirda quyidagi Tasniflagiçlar (Yöriqnomaga ilovalar) berilgan:

• bojxona postlari;
• bitim xususiyati;
• preferensiyalar, imtiyozlar va bojxona tölovlarini tölaşning boşqa xususiyatlari;
• tovarlarni olib ötiş xususiyatlari;
• BYuDni töldirişda foydalaniladigan hujjatlar va ma'lumotlar turlari;
• bojxona tölovlari.

Hujjat 1.07.2018 yildan kuçga kiradi.