Andijon viloyati Asaka tumanidagi maktab direktoridan biri Kun.uz'ga murojaat qilib, tuman hokimligi unga öz xizmat vazifalariga kirmaydigan vazifa yuklayotganini ma’lum qildi.

U şaxsini oçiqlamaslik şarti bilan aytişiça, tuman hokimligi maktab direktorlaridan maktab joylaşgan mahalladagi 5-6 nafardan işsiz fuqaroni iş bilan ta’minlaşni talab qilyapti.

Direktorning aytişiça, tuman xalq ta’limi bölimida ötkazilgan majlisda işga joylaştiriladigan fuqarolar röyxati taqdim etilgan. Mazkur ma’lumotni Asaka tumanidagi yana ikkita maktab direktori Kun.uz bilan suhbatda tasdiqladi.

Ma’lum bölişiça, röyxatdagi fuqarolarning aksariyatining yo mutaxassisligi yöq, yoki mutaxassisligi ta’lim tizimiga töğri kelmaydi, şunday bölsa-da, maktab direktorlari ularni işlab çiqariş korxonalariga joylaştirib, buyruqlarini XTBga olib borib berişi topşirilgan.

“Röyxatdagilarning ayrimlari işlaşni ham xohlaşmaydi. Yoş yoki ta’lim sohasiga aloqasi bölsa edi, vakant joyimiz bölsa, olardik işga. Lekin unday emas-da. Tuman aholi bandligiga kömaklaşiş markazining vazifasi emasmi bu”, – deydi direktorlardan biri.

Direktorlarga berilgan röyxatda 68 nafar fuqaro MFY va maktablar kesimida joylaştirilgan. Ayrim maktablarga işga joylaştirilişi kerak bölgan 5-6 nafargaça fuqaro töğri kelgan. Jumladan, 3-, 7-, 13-, 53- va 55-maktablar ham şunday topşiriqlarni olgan.

Tuman XTB mudiri Nodir Kamolov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda mazkur ma’lumotni tasdiqlamadi ham, inkor ham etmadi; şu bilan birga, bu masalani yoritmaslikni söradi. Xuddi şunday, tuman hokimi Mansurbek Alixonov ham muxbir bilan telefon orqali suhbatda bu mavzuni olib çiqiş şart emasligini aytdi.

Hokim murojaat kimdan bölganiga qiziqdi. Direktorlardan murojaat tuşgani aytilgaç, işsizlarni bu yöl bilan işga joylaştirişni notöğri deb hisoblab bölmasligini tuşuntira boşladi.

“Nima, bitta taşkilotning rahbari bölib, bitta yoşga, bitta mahalladoşingga foydasi tegsa, yomonmi? Bir yilda neçta yoş bitiradi maktabni?” dedi hokim.

Demak, topşiriq siz tomoningizdan berilganmi, degan savolga Mansurbek Alixonov rad javobini berdi.

“Yöq, birinçidan notöğri, men şunçaki tuşuntirmoqçiman, bir yilda 3,5–3 ming atrofida yoşlar maktabni bitiradi. Şundan 500-800 tasi oliy ta’limga kiradi, töğrimi? 2500 ta yoş yana bekorçi degani-da, töğrimi?