Asaka tuman hokimi Mansurbek Alixonovning 18 yanvar kungi 4-1-17-F/22-sonli farmoyişi bilan ajratilgan pullarning aksariyati tuman hokimligi qoşidagi taşkilotlar moddiy-texnik bazasini rivojlantiriş va obodonlaştiriş işlariga yönaltirilgan.

Farmoyişning tegişli ilovasidagi smetaga muvofiq, sektorlarni ta’mirlaş va jihozlaş xarajatlari uçun 220 million, tuman hokimligi binosi ta’miri uçun 200 million söm ajratilgan.

Obodonlaştiriş boşqarmasining öziga 900 million söm – obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, tungi yoritiş çiroqlarini sotib oliş, yangi yil tadbiri arçasi va köçalarni bezatiş xarajatlari uçun ajratilgan.

Qiziq jihati, moliya bölimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş uçun 257 million söm ajratilgan bölsa, mahalla va oila bölimiga xuddi şu işlar uçun 120 million söm ajratilgan.

Şuningdek, tuman hokimligi binosi va sektorlar joylaşgan binolar ta’mirlaşga muhtoj emas. 

Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixonov doimiy ravişda jamoatçilik muhokamasi markazida yuradi. Avvalroq hokimning fuqarolar bilan mensimaslik ohangida, qölini çöntagiga solgan holda gaplaşgani aks etgan video tarqalgan va ortidan tuman hokimligi axborot xizmati xodimi jazolangandi.