27 oktabr ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari bloknot tutgan olti kişining ariq suvida dong qotgan holati tasvirlangan suratni muhokama qilişdi. Kun.uz muxbirlari suriştiruvi davomida uşbu holat Toşkent viloyati Oqqörğon tumani, “Abdunosir Ğulom” fermer xöjaligi maydonida yuz bergani aniqlandi.

Kun.uzʼga yetib kelgan axborotga köra, ariq suviga oyoq tiqqan kişilar Oqqörğon tumani hokimining qişloq xöjalik işlari böyiça örinbosari — Şerzod Murodov, Tuman suv xöjaligi boşliği — Tohir Mirzakarimov, tuman qişloq xöjaligi bölimi boşliği — Şarof Ahmedov, “Ozod” MFYning oqsoqoli — Zokir Musabekov, “Mavlonboy ota” fermer xöjaligini rahbari — Abror Mavlonov, “Abdunosir” fermer xöjaligi rahbari (ismi Nosir) bölib çiqdi.
Ma'lum qilinişiça, rahbarlar ğallani öz vaqtida suğormagan mas'ul va fermerlarni şu körinişda jazolagan. Uşbu ma'lumotni aniqlaştiriş maqsadida 27 oktabr kuni keçki mahal Oqqörğon tumaniga yöl oldik. Hokimlik binosi odamlar bilan gavjum bölib turganidan angladikki, yiğiliş endi yakuniga yetgan. Şu zahoti, tuman hokimi Farhod Omonov bizni qarşi olib, voqeaning tafsilotlarini aytişga tuşib ketdi.

“Ğalla ekiş böyiça tuman hokimi örinbosari (Şerzod Murodov - tahr.) borganda, qilingan işlarning barçasini tahlil qilmoqçi bölgan. Ikki nafar fermer xöjaliklari rahbarlari, özining (qöl ostidagi) xodimlari, suv xöjaligi boşliği bilan birgalikda bölgan. Ğalla ekilgandan keyin, suv qöyilişi kerak. Lekin, ğalla ekilgan joyda suv qöyilmagan, yonidagi ariqda esa suv oqib yotibdi.“Mana suv bor-ku! Nega suv qöymaysan?”, degan payti, suvga özi tuşib ketgan. “Mana — suv! Bu yoqqa kel, sen ham suvni körgin”, deb turib, qolganlarni ham suvga...”, deydi u.
Omonovning aytişiça, tuman hokimi örinbosari Şerzod Murodov uşbu tekşiruvga rahbarlik qilgan va “ğallaga bölgan talabini körsatmoqçi bölgan”.
“Ğallani birinçigaça (1 noyabr - tahr.) ekib bölişimiz kerak. Bu paytda suğorib, çiqarib yuboriş kerak. Şunga, talab sal kuçaytirilgan. Notöğri qilgan. Şuning uçun, biz buni muhokama qildik. Özidan tuşuntiriş xatini oldik. Bundan taşqari, eng kam iş haqining 5 baravarida ma'muriy jazoga tortildi. Bu voqea ötgan kuni, tuşdan söng bölgandi”, deydi tuman hokimi Farhod Omonov.












