Farğona NQIZ (FNQIZ)da sinov tarzida gaz-turbinali dvigatellar uçun JET A-1 aviatsiya yoqilğisi partiyasi işlab çiqarildi. Uşbu yoqilği Yevropa sifat standartiga javob beradi va xalqaro aviatsiya bozorida, jumladan Airbus va Boeing samolyotlarida unga talab juda yuqori.

FNQIZ tomonidan işlab çiqarilgan JET A-1 aviatsiya yoqilğisi Butunrossiya neftni qayta işlaş ilmiy-tadqiqot instituti (BNQI ITI OAJ) tomonidan ötkaziladigan malaka sinovlaridan muvaffaqiyatli ötdi. Uşbu sinovlardan söng işlab çiqariş texnologiyasi tasdiqlandi hamda hozirda Özbekiston Texnik jihatdan tartibga soliş agentligidan muvofiqlik sertifikati olindi.

JET A-1 yoqilği işlab çiqariş metodologiyasi ASTM texnologiya standarti (AQŞ) asosida işlab çiqilgan mahsulotdir. ASTM asosida texnologik jarayonni taşkil etiş uçun FNQIZga 3 million dollarlik maxsus laboratoriya jihozlari keltirildi. Laboratoriya akkreditatsiyadan ötkazilgani haqida tegişli attestatlar olindi.

“Muvofiqlik sertifikatining qölga kiritilişi zavodning yuqori sifatli va zamonaviy aviayoqilği işlab çiqariş qobiliyatidan dalolat beradi. Mahsulot barça belgilangan standartlar va e’lon qilingan texnologiya talablariga mos keladi”, — dedi Özbekiston Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi vakili Alişer Dudoyev.

FNQIZ texnologik qurilmalarining konfiguratsiyasi aviakerosin işlab çiqariş hajmini oyiga 8000 tonnagaça oşiriş va kelajakda mahalliy hamda xorijiy aeroportlarga yetkazib berişni köpaytiriş imkonini beradi.

“Yangi turdagi mahsulotlarni özlaştiriş Farğona NQIZni modernizatsiya qiliş loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan asosiy ustuvor yönalişlardan biridir. Mamlakatimiz rahbari tomonidan Özbekistonni xalqaro transport markaziga aylantiriş böyiça e’lon qilingan vazifalardan kelib çiqqan holda, FNQIZ yuqori sifatli xomaşyoni işonçli yetkazib beruvçisiga aylanişga tayyor. Biz mahalliy aeroportlarga aviakerosinni yetkazib beriş geografiyasini yaratişni hamda xalqaro havo kemalariga Özbekistonda yuqori sifatli mahalliy yoqilği quyib oliş imkonini yaratişni rejalaştirmoqdamiz”, — dedi FNQIZ direktori Habib Latipov.

Hozirgi vaqtda FNQIZda yangi turdagi aviatsiya yoqilğisini sanoat işlab çiqarişini ta’minlaş ustida iş olib borilmoqda.

Reklama huquqi asosida