29-sentabr kuni Özbekiston bank tizimining barqaror iştirokçilaridan biri - Davr Bank xususiy aksiyadorlik tijorat banki taşkil etilganiga 25 yil töladi. Yubiley arafasida bank öz tarixida yangi sahifa oçadigan strategik bitim tuzdi: Özbekiston va Ozarbayjon prezidentlari iştirokida «ABB Davr» qöşma loyihasiga start berildi.
Davlat rahbarlari iştirokidagi tarixiy qadam
2026-yil 22-avgust kuni Toşkentda IV Özbekiston–Ozarbayjon hududlararo forumi doirasida Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) Boşqaruv raisi Abbos Ibragimov hamda Davr Bank taʼsisçisi, Kuzatuv kengaşi raisi Lutfulla Ubayev Davr Bank aksiyalarining nazorat paketini sotib oliş töğrisidagi bitimni imzoladi.
Ertasi kuni, 23-avgustda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev iştirokida onlayn formatda yangi «ABB Davr» bank loyihasini işga tuşirişning rasmiy marosimi bölib ötdi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev uşbu voqeani mamlakatning yetakçi banklaridan biri Özbekiston bozoriga muvaffaqiyatli kirib kelgani sifatida baholadi.
«ABB Davr» brendi: innovatsiyalar va texnologik yuksaliş
Erişilgan kelişuvlarga muvofiq, bank Özbekiston bozorida «ABB Davr» brendi ostida faoliyatini davom ettiradi. Ozarbayjon moliya sektorining yetakçilaridan biri bölgan ABB Özbekistonga sinovdan ötgan korporativ boşqaruv tizimi, raqamli yeçimlar hamda sunʼiy intellektga asoslangan innovatsion loyihalarni olib kirişni rejalaştirmoqda. Kiçik va orta biznesni rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş asosiy ustuvor vazifa böladi.
«Uşbu bitim tufayli biz bank xizmatlarini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqmoqdamiz. Yangi hamkorimizning tajribasi, innovatsion texnologiyalar va barqaror kapital Davr Bankğka qisqa muddatda mijozlarga eng ilğor moliyaviy mahsulotlarni taklif etiş imkonini beradi. Bu hamkorlik bank uçun yanada yuqori barqarorlik va kuçli texnologik yuksaliş kafolati böladi», - deya taʼkidladi Davr Bank taʼsisçisi va Kuzatuv kengaşi raisi Lutfulla Ubayev.
Öz navbatida, ABB boşqaruv raisi Abbos Ibragimov yangi strategik bosqiçni aynan qardoş Özbekistonda boşlaş bank uçun katta şaraf ekanini qayd etib, loyiha mamlakat iqtisodiyoti va biznesi uçun işonçli moliyaviy hamkorga aylanişiga işonç bildirdi.

Çorak asrlik işonç va yangi ufqlar











